Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
52 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yo notoʻgʻrimi? 
 
– Uning yoʻrigʻi boshqa, – ikkilanib e’tiroz bildiradi Tanaboy. Nega yoʻrigʻi 
boshqacharoq ekanligini tushuntirib oʻtirmadi, ochigʻini aytganda, tushuntira olmasdi. 
 
Saman yoʻrgʻa boʻynidagi sirtmoqning tortilayotganini sezib, u jahl bilan gapirdi: 
 
– Bermayman. Agar ma’qul koʻrmayotgan boʻlsalaring, yilqiboqarlikdan olib tashlanglar. 
Temirchilik ustaxonasiga boraman. U yerda siz mendan bolgʻani tortib ololmaysizlar. 
 
– Nega bunday deysiz, Tanaka! Biz sizni hurmat qilamiz, qadrlaymiz. Siz boʻlsangiz 
xuddi yosh bolaning gapini qilyapsiz. Axir shu sizga munosibmi? – Ibrohim oʻtirgan 
joyida tipirchilab qoldi. Ish pachava boʻldi shekilli. Oʻzi va’da bergandi, oʻzi maslahat 
qilgandi, oʻzi toʻgʻrilayman deb maqtanuvdi, manavi qaysar nusxa boʻlsa hamma ishni 
barbod qilmoqchi. 
 
Ibrohim chuqur xoʻrsindi-da, Jaydarga murojaat qildi: 
 
– Oʻzingiz oʻylab koʻring, Jaydar boybicha, bitta ot nima boʻpti, mayli yoʻrgʻa boʻlsa 
ham? Uyurda qanaqa otlar yoʻq deysiz – istaganingizni tanlab oling. Odam kelgan boʻlsa 
oldingizga, uni yuborishgan boʻlsa... 
 
– Sen nega buncha jon kuydiryapsan? – soʻradi Jaydar. 
 
Ibrohim hayron boʻlib, tutilib qoldi: 
 
– Boʻlmasam-chi? Tartib-intizom. Menga topshirishdi, men kichik odamman. Oʻzim 
uchun emas. Men eshakda ham yuraveraman. Mana soʻrang, Abalakaning oʻgʻlini 
yuborishdi yoʻrgʻa otni minib kel deb. 
 
U indamay bosh silkitdi. 
 
– Yaxshi ish boʻlmayapti, – davom ettirdi Ibrohim. – Uni bizga rais qilib yuborishdi, u 
bizning mehmonimiz, biz butun ovul bir boʻlib otni bermasak. Xalq bilsa nima deydi? 
Qirgʻizlar qachon shunday qilishgan? 
 
– Xoʻp yaxshi, – javob berdi Tanaboy. – Ovuldoshlar bilsin, mayli. Men Choroning 
oldiga boraman. Mayli, u bir yoqlik qilsin bu masalani. 
 
– Choro, berma, deydi deb oʻylaysizmi? U bilan kelishilgan. Faqat uni uyaltirib qoʻyasiz. 
Qasddan boʻyintoblik qilyapsiz. Yangi raisni tan olmaymiz, eskisiga arz qilgani boramiz? 
Choro kasal odam boʻlsa. Uning rais bilan munosabatini buzishning nima hojati bor? 
Choro partiya tashkilotchisi boʻladi, u rais bilan ishlashishi kerak. Xalaqit berishning 
nima keragi bor... 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling