Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
49 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Salom, Jaydar boybicha. Sogʻligʻingiz qalay? Eringizga yaxshi qarayapsizmi? 
 
– Salom, kiringlar, bu yoqqa oʻtiringlar. 
 
Hammasi oʻtirishdi. 
 
– Bizga qimizdan quy, – dedi xotiniga Tanaboy. Qimiz ichishdi, u yoq-bu yoqdan 
gaplashib oʻtirishdi. 
 
– Hozir eng yaxshi ish – chorvachilik. Hech boʻlmaganda yozda sut, goʻsht boʻladi-ku, – 
mulohaza qilardi Ibrohim, – dalachilikda yoki boshqa ishlarda umuman hech vaqo yoʻq. 
Shuning uchun hozir yilqilaru qoʻy-qoʻzilar yonida boʻlgap ma’qul. Toʻgʻrimasmi, 
Jaydar boybicha. 
 
Jaydar bosh silkidi, Tanaboy boʻlsa indamadi. Buni uning oʻzi ham bilardi, 
chorvachilikni qadrlash kerakligiga ishora qilish uchun har bir imkoniyatdan 
foydalanadigan Ibrohimdan ham bunday gapni birinchi bor eshitayotgani yoʻq edi. 
Tanaboyning unga: agar odamlar sut-goʻshtli issiqqina joylarga suquladigan boʻlsa, 
buning hech yaxshi tomoni yoʻq, degisi keldi. Boshqalar-chi? Qachongacha odamlar 
bekorga ishlashadi? Urushga qadar bundaymasdi-ku. Kuzda har bir uyga ikki-uch 
aravadan gʻalla keltirilardi. Endi-chi? Biror yerdan biron narsa undirish uchun qoplari 
bilan yugurib yurishadi. Oʻzlari gʻalla yetishtirishib, oʻzlari nonsiz oʻtirishadi. Bu yaxshi 
emas. Faqat majlislaru pand-nasihatlar bilan uzoqqa borib boʻlmaydi. Choro mehnatlari 
uchun odamlarga yaxshi soʻzdan boʻlak hech narsa bera olmay qolgani uchun ham yurak 
kasaliga yoʻliqdi. 
 
Ammo fikr-xayolini band qilgan bu masalalarni Ibrohimga gapirib oʻtirishning foydasi 
yoʻq. Tanaboy hozir gapni choʻzishni istamasdi ham. Bularni tezroq kuzatish, ishlarini 
tezroq bitirish uchun yoʻrgʻani egarlash – barvaqtroq qaytish kerak edi. Nega 
kelishdiykin ular? Lekin soʻrab-surishtirish noqulay edi. 
 
– Negadir seni taniyolmayapman, inim, – Tanaboy Ibrohimning hamrohi, kam gap yosh 
yigitga murojat qildi. – Rahmatli Abalakaning oʻgʻlimasmisan sen? 
 
– Ha, Tanaka, men oʻshaning oʻgʻliman. 
 
– Oʻx, vaqt qanday tez oʻtyapti-ya. Yilqilarni koʻrgani keldikmi? 
 
– Yoʻq, biz... 
 
– U men bilan birga keldi, – uning soʻzini boʻldi Ibrohim. 
 
– Biz bu yerga bir ish bilan keldik, keyinchalik gaplasharmiz u haqda. Qimizingiz, Jaydar 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling