Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
51 
library.ziyonet.uz/ 
 
Tanaboy kolxozning yangi raisi bilan ilk bor shu tarzda toʻqnashdi. Toʻgʻrirogʻi, shaxsan 
oʻzi bilan emas, balki uning aji-buji imzosi bilan. Uning oʻzini hali yuzma-yuz 
koʻrmagandi. U Choroning oʻrniga kelganida togʻlarda edi. Uni qattiqqoʻl odam, katta 
mansablarda ishlagan, deyishardi. Birinchi yigʻilishdayoq ishyoqmaslarni qattiq 
jazolashni aytib ogohlantirib qoʻygan, mehnat kuni minimumini bajarmaganlik uchun esa 
sudga tortaman, deb doʻq qilgan, kolxozlardagi barcha qiyinchiliklar kolxozlarning 
mayda boʻlganligidan yuz berayotganligini, endi ularni yiriklashtirajaklarini, tez orada 
ahvol yaxshilanishini, uni shuning uchun ham bu yerga yuborilganini, xoʻjalikni ilgʻor 
agrotexnika va zootexnikaning barcha qonun-qoidalariga muvofiq olib borishini oʻzining 
asosiy vazifasi qilib olganligini aytgan edi. Buning uchun esa hamma agrotexnika va 
zootexnika toʻgaraklarida oʻqishga majbur. 
 
Chindan ham oʻqishni boshlab yuborishdi – plakatlar osib qoʻyishdi, leksiyalar oʻtkaza 
boshlashdi. Agar choʻponlar leksiyalar paytida pinakka ketib qolishayotgan boʻlishsa, bu 
endi ularning ishi... 
 
– Tanaka, biz ketishimiz kerak, – Ibrohim Tanaboydan bir narsani kutganday qaradi va 
etiklarining sirgʻalib tushgan qoʻnjlarini tortib, tulki telpagini qoqib, u yer-bu yerini 
tuzata boshladi. 
 
– Gap bunday, ferma mudiri, raisga borib ayt: men Gulsarini bermayman. U uyur aygʻiri. 
Biyalarga qoʻyamiz. 
 
– Voy-boʻy, Tanaka, biz uning oʻrniga besh aygʻir beramiz, bironta ham biya qisir 
qolmaydi. Axir shu ham gapmi? – ajablandi Ibrohim. Hamma ish yaxshi borayotganidan 
u xursand edi, birdan... Eh, Tanaboy oʻrnida boshqa biron kishi boʻlganida gapni qisqa 
qilgan boʻlardi. Ammo Tanaboy Tanaboyligini qiladi-da, u oʻzining akasini ham 
ayamagan, buni e’tiborga olish kerak. Ehtiyotlik bilan ish tutmasa boʻlmaydi. 
 
– Menga sizlarning besh aygʻiringiz kerakmas! – Tanaboy terlab ketgan peshonasini artdi 
va bir oz indamay turgach, ochiqchasiga gaplashishga qaror qildi. – Nima, raisingga 
minishga ot topilmadimi? Otxonada otlar qurib ketibdimi? Nega endi aynan Gulsari 
kerak boʻlib qoldi? 
 
– Nega bunday deysiz, Tanaka? Rais bizning rahbarimiz, demak, uni hurmat qilish kerak. 
Axir u tumanga boradi, uning oldiga ham odamlar kelib turishadi. Rais xalq orasida 
yuradi, xoʻsh, aytaylik... 
 
– Nima, xoʻsh? Boshqa otni minsa hech kim uni tan olmay qoʻyadimi? Yoki hammaning 
koʻz oldida boʻlsa, albatta yoʻrgʻa otni minishi kerakmi? 
 
– Albattami, albatta emasmi, ammo shunday boʻlishi kerak. Mana siz, Tanaka, urushda 
soldat boʻlgansiz. Siz yengil mashinada, generalingiz esa yuk mashinasida yurganmi 
axir? Yoʻq, albatta. Generalga – generalligiga munosibi, soldatga – soldatlarga yarashasi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling