Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
54 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ketaver. U mendan yaxshiroq, chiroyliroq, yoshroq. Yaxshi juvon. Men ham beva 
qolishim mumkin edi, lekin sen qaytib kelding. Qancha kutdim seni! Mayli, bu toʻgʻrida 
gapirib oʻtirmaylik ham. Sening uch bolang bor. Ularni nima qilasan? Keyinchalik nima 
deysan ularga? Ular nima deyishadi? Men nima deyman ularga? Oʻzing hal qil... 
 
Tanaboy choʻlga chiqib ketdi. Yilqilar oldida kechga qadar qolib ketdi, hamon oʻzini 
bosib ololmasdi. Yilqilar yetimlanib qoldi. Tanaboyning qalbi bum-boʻsh boʻlib qoldi. 
Yoʻrgʻa ot oʻzi bilan birga uning qalbini ham olib ketdi. Hammasini olib ketdi. Goʻyo, 
hamma narsa oʻzgarganday. 
 
Quyosh ham boʻlakcha, osmon ham boʻlakcha, oʻzi ham goʻyo boshqachaday edi. 
 
U qorongʻi tushganda qaytdi. Oʻtovga indamay, qop-qorayib kirib keldi. Qizlari uxlab 
qolishgandi. Oʻchoqda olov yonardi. Xotini qoʻliga suv quydi. 
 
– Yemayman, – rad qildi Tanaboy. Soʻng dedi: – Changovuzni ol, «Ona tuyaning 
boʻzlashi»ni chalib ber. 
 
Jaydar changovuzni oldi, uni lablariga tutdi, barmogʻini ingichkagina poʻlat «til»ga 
tegizdi, unga pufladi, soʻng nafasini ichiga tortdi, koʻchmanchilarning qadimiy kuyi 
quyilib oqa boshladi. Oq boʻtalogʻini yoʻqotgan ona tuya haqida qoʻshiq. Choʻlu 
dashtlarda u uzoq kunlar yugurib-elib yuradi. Boʻtalogʻini chaqiradi, qidiradi. 
Oqshomlari jarlik yoqalab, ertalab yalangliklarda uni oʻz orqasidan endi ergashtirib yura 
olmasligidan, butoqlardan barglarni birgalikda terib yeya olmasligidan, koʻchma qumlar 
ustida yugura olmasligidan, bahor paytida dalalarda aylanib yura olmasligidan, uni oppoq 
sutin bilan emiza olmasligidan zorlanardi. Qaydasan, qorakoʻz boʻtalogʻim? Javob ber! 
Yelinimdan, tirsillab turgan yelinimdan sut tizillab oqyapti, oyoqlarimdan oqib tushyapti. 
Qaydasan? Javob ber! Yelinimdan, tirsillab turgan yelinimdan tizillab sut oqyapti. Oppoq 
sut... 
 
Jaydar changovuzni yaxshi chalardi. Tanaboy uni qizlik vaqtida shu chalishi uchun sevib 
qolgandi. 
 
Tanaboy boshini quyi solib tinglardi va yana boshini koʻtarib qaramasa ham hamma 
narsani koʻrib turardi. Issiq va sovuqdagi koʻp yillik mehnatdan uning dagʻallashib 
ketgan qoʻllari, oppoq oqargan sochlari va boʻynida, lablarida, koʻz yonlarida paydo 
boʻlgan ajinlar. Oʻsha ajinlar ortida oʻtgan, yoshlik sochlari yelkasiga tushib turgan sariq 
magʻiz qizcha va uning oʻzi – Tanaboyning oʻsha kezlardagi juda-juda yosh yigitlik 
davri, hamda ular ikkalasining oʻsha yillardagi yaqinligi koʻzga koʻrinib ketardi. Xotini 
hozir uni sezmayotganligini Tanaboy bilardi, u oʻz kuyiga, oʻz xayollariga gʻarq 
boʻlgandi. Oʻsha damda u yana oʻz kulfatlari va azob-uqubatlarining yarmini xotinining 
hayotida, taqdirida koʻrardi. Jaydar bu kulfat va uqubatlarni oʻz ustiga olgan edi. 
 
...Ona tuya qancha kunlardan buyon yelib-yugurib oʻz bolasini qidiradi, chaqiradi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling