Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
62 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Otboqarlar otxonani tozalayapti. Bolalar devor orqasida qiy-chuv koʻtarishyapti. 
Yilqilarning oldiga, choʻlga borsang hozir! Keng yalangliklar koʻziga koʻrinib ketdi, 
bepoyon choʻlda yilqilar qanday daydib yurganligini koʻz oldiga keltirdi. Kulrang gʻozlar 
ular ustidan uchib oʻtishyapti, qanotlarini qoqishyapti, oʻz orqalaridan ergashishga 
chorlashyapti... 
 
Gulsari bir silkindi, arqonni uzishga urinib koʻrdi. Yoʻq, qoʻshqavat zanjir bilan uni 
mahkam bogʻlab qoʻyishibdi. Ehtimol, oʻzinikilar eshitib qolar? Gulsari derazaga 
kallasini choʻzib, oyoq ostidagi taxtani tepib: «Qaydasizla-a-ar?..» degandek boʻgʻiq 
ovozda kishnab yubordi. 
 
– Ovozingni oʻchir, shayton, kuning bitdi! – sapchib kelib unga belkurakni oʻqtaldi 
otboqar! Soʻng eshik orqasidagi allakimga murojaat qilib qichqirdi: 
 
– Olib chiqaymi? 
 
– Olib chiq! – javob berishdi hovlidan. 
 
Ikki otboqar yoʻrgʻani hovliga olib chiqishadi. Uh, muncha ham yorugʻ! Havo qanday 
yaxshi! Saman yoʻrgʻaning nozik burun parraklari koʻklamning sarxush etuvchi 
havosidan titray boshladi. Barglardan achchiqroq bir is tarqalyapti, nam tuproq isi 
kelyapti. Tanda qon qaynayapti. Qani endi chopib ketsang-a hozir. Gulsari yengilgina 
sakradi. 
 
– Tek, tek! – birdaniga bir necha ovoz uni toʻxtatib qoʻydi. 
 
Nega bugun uning atrofida odamlar bunchalik koʻp? Yenglari qayirilgan, qoʻllari 
baquvvat, jundor. Kulrang xalatli bittasi oq lattaga qanaqadir yaltiroq temir buyumlarni 
terib qoʻymoqda. Ular quyosh nuri ostida koʻzlarni qamashtiradigan darajada yaltiraydi. 
Boshqalari arqon ushlab turishibdi. Iye, yangi xoʻjayini ham shu yerda-ku! Keng 
galifedagi semiz oyoqlarini kerib gerdayib turibdi. Hammaniki kabi uning ham qoshlari 
uyulgan, faqat yenglari shimarilmagan. Bir qoʻlini beliga tirab olgan. Ikkinchisi bilan 
kitelidagi tugmalarini aylantirib oʻynamoqda. Kecha undan yana oʻsha sassiq hid 
anqigandi. 
 
– Xoʻsh, nega qarab turibsizlar, boshlanglar! Boshlasinlarmi, Joʻraqul Aldanovich! – 
murojaat qiladi raisga Ibrohim. U indamay bosh silkiydi. 
 
– Qani boshlanglar! – Ibrohim shoshib-pishib, otxona darvozasidagi mixga tulki teri 
telpagini osadi. Telpak goʻng ustiga dumalab tushib ketadi. Ibrohim jirkanib uni qoqib-
silkib, yana osib qoʻyadi. – Siz sal chekkaroqqa borib tursangiz boʻlardi, Joʻraqul 
Aldanovich, – deydi u. – Tagʻin, kim bilsin, tuyogʻi tegib ketishi ham mumkin. Ot – 
ahmoq maxluq, shikast yetkazishi mumkin. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling