Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
61 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yorugʻ, oftob charaqlab turgan kun edi. Bahor quyoshga boqib koʻzini suzar, 
bargaklardan soch taqib bezanar, shudgorlardan bugʻ chiqarar va soʻqmoqlarda naq oyoq 
ostida maysa-oʻtlar barq urib yashnardi. 
 
Otxona oldida bolalar chillak oʻynashardi. Bola chillakni osmonga uloqtirib yuboradi-da
poylab turib uni chillak sopi bilan qulochkashlab urib uchirib yuboradi. Oraliqni chillak 
sopi bilan oʻlchay boshlaydi – bir ikki, uch... yetti... oʻn... oʻn besh... Injiq hakamlar anavi 
gʻirromlik qilmasligi uchun uning orqasidan gala-gala boʻlishib kuzatib borishadi. 
Yigirma ikkita. 
 
– Avval yetmish sakkiz edi, endi yigirma ikki, – hisoblaydi bola va yakunlab boʻlgach, 
shodligini ichiga sigʻdirolmay qichqirib yuboradi: – Yuz! Yuz boʻldi! 
 
– Ura-a-a yuz! – deb boshqalar ham qoʻshilishadi. Demak, naq moʻljalni urgan. Ortiq 
ham emas, kam ham. 
 
Endi yutqizgan «zuv»lashi kerak. Gʻolib ganakka – marra chizigʻiga boradi-da, u yerdan 
chillak otadi. Yanada uzoqroqqa tushadigan qilib otadi. Hamma chillak tushgan joyga 
qarab chopadi, u yerda chillakni yana bir bor uradi, shu tarzda uch marta uriladi. 
Yengilgan bolaning yigʻlashiga sal qoladi – u shunchalik uzoq yerga «zuv» deb borishi 
kerak! Lekin oʻyin qonuni qat’iy. «Nega turibsan, qani zuvla!» chuqur nafas olib: 
 
Oyboy, Koʻkboy, 
 
Buzoqlarni haydama. 
 
Haydasang-u yetmasang, 
 
Bolalarga aytaman – zu-u-u-uv... 
 
deb gapirib chopib ketadi. 
 
Boshi tirsillab yorilib ketay deydi, lekin u baribir «zuv» deb ketaveradi. Ammo 
chiziqqacha yetkaza olmaydi. Orqaga qaytib, yana boshqadan boshlash kerak. Yana 
yetkaza olmaydi. Gʻolib tantana qiladi. Nafasing yetmayaptimi – opichib obor! U 
zuvlovchiga opichib oladi, unisi boʻlsa buni eshakday mingashtirib boradi. 
 
– Qani, tezroq, ildamroq yur! – oyogʻi bilan niqtaydi minib olgan. – Bolalar, qaranglar
bu mening Gulsarim. Qara, u qanday yoʻrgʻalab boryapti... 
 
Gulsari boʻlsa devor ortida, otxonada turgandi. Toliqqandi. Negadir bugun uni 
egarlashmadi ham. Ertalabdan beri yem-xashak ham berishmadi, sugʻorishmadi ham. 
Esdan chiqarib yuborishdi shekilli. Otxona allaqachon boʻshab qoldi, aravalarni olib 
ketishdi, otliqlar tarqalib ketishdi, otxonada uning birgina oʻzi qoldi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling