Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
60 
library.ziyonet.uz/ 
 
– Yoʻq-yoʻq! – deb bosh tortdi Jaydar.– Nima qilsang qilginu lekin men chodirda 
yashamayman. Chodir boʻydoqlar uchun, u ham boʻlsa vaqtinchalikka, bizning esa bola-
chaqamiz bor. Ularni choʻmiltirish kerak, tarbiyalash kerak, yoʻq, yashamayman. 
Bir kuni Tanaboy Choroni uchratib qoldi. Hamma gapni soʻzlab berdi. 
 
– Bu yogʻi nima boʻladi, rais? 
 
Choro gʻamgin bosh chayqadi: 
 
– Bu haqda biz ikkimiz oʻz vaqtida oʻylashimiz kerak edi. Yuqoridagi rahbarlarimiz ham. 
Hozir boʻlsa xatlar yozyapmizu, nima deyishlarini bilmaymiz. Jun – qimmatbaho 
xomashyo, kamyob narsa deyishadi. Eksport qilinadi. Ichki xoʻjalik ehtiyojlariga sarflash 
– maqsadga muvofiq emasmish. 
 
Shundan keyin Tanaboy jimib qoldi. Demak, qisman oʻzi ham aybdor. Oʻzining 
tentakligidan un chiqarmay kula boshladi: «Maqsadga muvofiq emas! Ha-ha-ha! 
Maqsadga muvofiq emas!» 
 
Bu «maqsadga muvofiq emas» degan ogʻir soʻz uzoq vaqtgacha xayolidan ketmadi. 
 
Shunday qilib, ular tuzatib olish uchun oddiygina jun zarur boʻlgan, qirq yamoq boʻlib 
ketgan eski oʻtovda yashayverishdi. Bu jun deganini esa kolxoz otarlaridan tonnalab 
qirqishar edi... 
 
Tanaboy qoʻlida kishan ushlaganicha oʻz oʻtovi oldiga keldi. U shu qadar gʻaribona 
koʻrinib ketdiki, hamma narsaga – oʻziga ham, saman yoʻrgʻaning oyoqlarini qonatgan 
manavi kishanga nisbatan ham gʻazabi shunchalik oshib-toshib ketdiki, hatto tishlarini 
gʻijirlatib qoʻydi. Shunday gʻazabi qoʻzib turgan paytda Gulsarining ketidan otboqarlar 
kelib qolsa boʻladimi. 
 
– Olib ketinglar, – baqirdi ularga Tanaboy. Gʻazabdan lablari ucha boshladi. – Manavi 
kishanni esa raisga beringlar, aytinglarki, agar u saman yoʻrgʻani yana kishanlaydigan 
boʻlsa, men mana shu kishan bilan uning boshini majaqlab tashlayman. Shunday deb 
aytinglar!.. 
 
U bekorga bunday dedi. Uff, bekorga! Uning bu qiziqqonligi va dangalligi unga hech 
qachon yaxshilik keltirmagandi... 
 
IX 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling