Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 68 library.ziyonet.uz/ nima qilishganini bilasanmi? Bichishibdi, padar la’natlar! – Bilaman. Shuning uchun ham seni ovulga sudradim. Buni bilishdan qoʻrquvdingmi sen? Nimasidan qoʻrqasan? Kichkina emassan-ku, axir! Otlarni axir birinchi va oxirgi marta bichishyaptimi? Azaldan shunaqa boʻlgan, bundan keyin ham shunday boʻladi. Bu axir har bir kishiga ma’lum-ku. Tanaboy bunga javoban hech narsa demadi. Faqat: – Yangi raisimiz nazarimda yomon odamga oʻxshaydi. Koʻnglim sezib turibdi, – deb qoʻydi. – Qoʻysang-chi bu gaplaringni, Tanaboy, – dedi Jaydar. – Sening yoʻrgʻa otingni bichgan boʻlishsa, darrov rais yomon boʻlib qoldimi. Nega unday deysan? U yangi odam boʻlsa. Xoʻjalik katta, uni boshqarish qiyin. Ana Choro, endi kolxozlarning ahvolini oʻrganishadi, yordam berishadi, deb aytyapti-ku. Qanaqadir rejalar tuzayotgan emishlar. Sen boʻlsang hamma narsa haqida eldan burun hukm chiqarasan. Biz axir koʻp narsalarni bilmaymiz-ku... Kechki ovqatdan soʻng Tanaboy uyurga joʻnadi va to kun yarmiga qadar u yerda qolib ketdi. U oʻzini koyirdi, hamma narsani unutishga oʻzini majbur etar, lekin kunduzi otxonada koʻrgani miyasidan ketmasdi. U yilqilarni aylanib choʻl kezarkan oʻylardi: «Ehtimol, rostdan ham bir odam haqida bunday fikr yuritish kerak emasdir? Bu bema’nilik, albatta. Ehtimol, qarib borayotganligimdan, yil – oʻn ikki oy yilqilarning ketidan yurganligimdan, hech narsani koʻrmayman, bilmayman. Ammo qachongacha shunchalik ogʻir hayot kechirish mumkin?.. Nutqlarga quloq solsang – goʻyo hamma narsa yaxshilanib ketayotganday. Xoʻp, mayli, men yanglishyapman, deylik. Xudoyo men yanglishayotgan boʻlay. Lekin boshqalar ham ehtimol shunday oʻylashayotgandir... Tanaboy choʻlda aylanib yurib, bosh qotirar, biroq oʻzining shubhalariga javob topa olmas edi. Shunda oʻzlarining bir vaqtlar qanday qilib kolxoz tuza boshlaganliklari, xalqqa baxtli turmush va’da qilganliklari, hammaning qanday orzu-istaklari boʻlganligi esiga tushib ketardi. Oʻsha orzularning roʻyobga chiqishi uchun qanday kurashishdi! Hamma narsani agʻdar-toʻntar qilib tashlashdi, eskilikka zarba berishdi. Dastlabki paytlar turmush yomon emasdi. Agar manavi la’nati urush boʻlmaganida yana ham yaxshiroq yashashgan boʻlishardi. Endi-chi? Urushdan keyin necha yil oʻtib ketdi-yu, hamon xoʻjalikni eski oʻtovday yamab-yasqab yotibmiz. Bir joyini yamasang, boshqa joyidan yirtigʻi koʻrinib qoladi. Nima uchun? Nima uchun kolxoz oʻsha paytdagiday oʻzingniki emas, goʻyo begona – yotday? Oʻsha davrda yigʻilish nima qaror qilsa qonun boʻlardi. Qonunni oʻzlari qabul qilishganlarini va uni bajarish kerakligini bilishardi. Endi esa yigʻilish quruq gapdan iborat boʻlib qoldi. Sen bilan hech kimning ishi yoʻq. Kolxozni goʻyo kolxozchilarning oʻzlari emas, kimdir tashqaridan boshqarayotganday. Goʻyo nima qilish, qanday ishlash, xoʻjalikni qanday olib borish kerakligi sirtdan yaxshiroq koʻrinadiganday. Xoʻjalikni goh unday, goh bunday aylantirib koʻrishadi, lekin hech qanday natija yoʻq. Odamlar bilan uchrashgani ham qoʻrqasan: «Qani, aytchi, sen partiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling