Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
76 
library.ziyonet.uz/ 
 
XIII 
Kengash kechga yaqin tugadi. Tuman markazi huvillab qoldi. Odamlar har tarafga: 
fermalarga, togʻlarga – qoʻy suruvlari va qoramol podalari oldiga, ovul va qishloqlarga 
tarqalib ketishdi. 
 
Tanaboy ham boshqalar bilan birga Aleksandrovkadagi qirdan oshib, yassi tekislik orqali 
yuk mashinasida joʻnab ketdi. Qorongʻi tushib qolgan, shamol badanni junjiktirardi. Kuz. 
Tanaboy kuzovning burchagiga oʻtirib oldi, yoqasini koʻtarib oʻz fikrlari bilan band 
boʻldi. Mana, kengash ham tugadi. Uning oʻzi biron bama’ni gapni ayta olmadi-yu, 
ammo boshqalarning gapini tinglagandi. Demak, hamma ishlar yurishib ketishi uchun 
hali koʻp mehnat qilish kerak ekan-da. Toʻgʻri gap aytdi, axir anavi koʻzoynakli obkom 
sekretari: «Hech kim bizga yoʻlni tap-tayyor qilib qoʻygan emas, oʻzimiz uni ochishimiz 
kerak», dedi. 
 
Oʻylab koʻring-a, oʻttizinchi yillardan beri – goh yuksalish, goh pasayish, goh koʻtarilish, 
goh ortga qaytish... Demak, kolxoz ishi joʻya ish emas ekan. Mana, oʻzining ham yarim 
sochi oqargan, butun yoshligi oʻtib ketdi, nimalarni koʻrmadi, nimalarni qilmadi, necha 
bor tentaklik ham qildi, baxtli kun ana keladi, mana keladi, deb kutib yuraverasan, lekin 
kolxozning mashaqqatidan baribir qutulmaysan... 
 
Ha, mayli ishlash kerakmi – demak, ishlash kerak. Toʻgʻri aytdi sekretar – hayot bir 
mahallar urushdan keyin odamlar oʻylaganidek, hech qachon oʻz-oʻzidan yurishib 
ketmaydi. Oʻzing tirik ekansan, uni doim yelkang bilan tashib yurishing kerak... Faqat u 
har gal oʻtkir qirralari bilan oʻgirilib qoladi, yelkalarimizning hamma yeri yagʻir boʻlib 
ketdi. Qilayotgan ishingdan, boshqalarning ishidan koʻngling toʻlsa, bu ishlar baxt 
keltirsa bu ham mayli edi-ya... Endi ishlari qanday boʻlarkin? Jaydar nima derkin? 
Qizlariga loaqal konfet olish uchun magazinga bir kirib chiqishga ham ulgurmadi. Har 
yuztasidan bir yuz oʻnta qoʻzi, har boshdan uch kilogrammdan jun olish aytishga oson. 
Har bir qoʻzi tugʻilishi, uning ustiga yana tirik qolishi ham kerak. Yomgʻir, shamol, 
sovuq esa unga qarshi turadi. 
 
Jun-chi? Jun tolasini olib koʻr, koʻzing ilgʻamaydi, puflasang yoʻq boʻlib ketadi qoʻyadi. 
Kilogrammlarni qayoqdan olasan? Uh, oltinga baravar-a bu kilogrammlar. Lekin ba’zilar 
bularning hammasi qanday olinishini tasavvur ham qila olmasa kerak... 
 
Ha, Choro uni yoʻldan urdi, adashtirdi... «Soʻzga chiq, deydi, lekin qisqa qil, oʻz 
majburiyatlaring haqida soʻzla. Boshqa hech narsa gapirma. Maslahatim shu». Tanaboy 
koʻna qoldi. Minbarga chiqdi-yu, yuragi poʻkilladi, shunday qilib yuragida qaynab toshib 
yurgan gaplarni ayta olmadi ham. Majburiyatlari haqida mingʻirlab gapirdi-da, tushib 
ketdi. Eslasang uyalasan. Choro boʻlsa mamnun. Nega u bunchalik ehtiyotkor boʻlib 
qoldi? Keksaligidanmikin yoki endi kolxozga bosh boʻlmaganidanmikin? Tanaboyni 
ehtiyot boʻlishga chaqirishning nima keragi bor ekan? Yoʻq, u aynigan, negadir 
oʻzgargan! Ehtimol, umr boʻyi rais boʻlib kolxozni sudraganidan, boshliqlar umr boʻyi 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling