Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
74 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Yoshlar qoʻshiq boshlab yuborishdi. Boshda ashula qovushmay turdi, keyin esa jonlanib 
ketdi. Yoʻl yurish zavqliroq boʻldi. 
 
«Mana bu yaxshi ish boʻldi, – oʻylardi Tanaboy. – Shunday boʻlgani yaxshi. Eng 
muhimi, bizni nihoyat toʻplashib, yaxshi ish qilishyapti. Ehtimol, ahvol qanday ekanligi
kolxozni nima qilish kerakligi haqida soʻzlashishar. Bizga qaraganda boshliqlarga 
ayonroq-ku. Biz faqat oʻzimizni bilamiz, boshqa koʻp narsani bilmaymiz. Maslahatlar 
berishar, yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatishar, qarabsizki, biz ham ishni yangichasiga boshlab 
yuboribmiz»... 
 
Tuman markazi shovqin-suronli va gavjum edi. Mashinalar, aravalar, juda koʻp otliqlar 
klub oldidagi butun maydonni toʻldirishgandi. Kabobchilar, choyxonachilar ham shu 
yerda hoziru nozir edilar. Tutatishib, is tarqatishib «kep qoling, yeb qoling» deb 
kelganlarni chaqirishardi. 
 
Choro kutib turgandi. 
 
– Tezroq tushinglar, yuringlar. Joy ishgʻol qilinglar. Ha demay majlis boshlanib qoladi. 
Tanaboy, sen qayoqqa? 
 
– Hozir, – dedi Tanaboy bir toʻda miniladigan otlar orasidan oʻtib ketar ekan. U 
mashinadayoq oʻzining Gulsarisini payqagan, endi unga tomon ketayotgandi. 
Koʻklamdan beri uni koʻrmagandi. 
 
Egarlogʻliq saman yoʻrgʻa oʻzining sariq guldek rangi keng, pishiq sagʻrisi va qop qora 
koʻzli, doʻng peshonali etsiz boshi bilan boshqa otlardan ajralib turardi. 
 
– Salom, Gulsari, salom! – pichirladi Tanaboy unga tomon turtinib-surtinib borarkan. – 
Xoʻsh, ahvoling qalay? 
 
Yoʻrgʻa ot koʻz soqqasini qiyshaytirib qarab, qari xoʻjayinini tanidi, depsinib, pishqirib 
yubordi. 
 
– Koʻrinishing yomon emas, Gulsari. Qara, koʻkraging kengayib toʻlishib ketibdi. Koʻp 
chopadiganga oʻxshaysan. Oʻshanda sen qiynalding-a, bilaman... Ha, mayli, yana yaxshi 
odamning qoʻliga tushibsan. Tinch yursang, hammasi joyida boʻladi, – derdi Tanaboy 
xurjundagi suli qoldiqlarini paypaslab koʻrib. Demak, Choro uni bu yerda och 
qoldirmayotgan ekan. – Xoʻp, sen turatur, men boray. 
 
Klubga kiraverishda devorda «Kommunistlar – olgʻa!», «Komsomol – sovet yoshlarining 
avangardi!» deb yozilgan alvonlar tovlanib turardi. 
 
Odamlar toʻda-toʻda boʻlib, kelib foye va tomosha zallariga tarqalib ketardi. Eshik oldida 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling