Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 75 library.ziyonet.uz/ Tanaboyni Choro va kolxoz raisi Aldanov kutib olishdi. – Tanaboy, bir chekkaga chiqaylik, – dedi Aldanov. – Mana yon daftaring. Sen soʻzga chiqishing kerak. Biz seni belgilab qoʻydik. Sen partiya a’zosisan, eng yaxshi yilqiboqarimizsan. – Nima haqda gapirishim kerak? – Sen kommunist sifatida qoloq uchastkaga borishga qaror qilganligingni ayt. Sovliq qoʻylar suruviga choʻpon boʻlmoqchiligingni gapir. – Shugina xolosmi? – Nega shugina! Oʻz majburiyatlaringni aytasan. Har yuz sovliqdan yuz oʻntadan qoʻzi olish va saqlab qolishga, har bosh qoʻydan uch kilogrammdan jun qirqib olishga partiya va xalq oldida majburiyat olaman, deysan. – Qoʻylarni koʻrmagan boʻlsam men qanday gapiraman? – Tagʻin gapiradi-ya! Otarni olasan. Choro gapni yumshatdi: – Oʻzingga ma’qul kelgan sovliqlarni tanlab olasan. Xavotirlanma. Tagʻin ikkita yosh komsomol choʻponlarni otaliqqa olaman, deb ham ayt. – Kimlarni? Odamlar turtinib-surtinib oʻtishardi. Choro roʻyxatni koʻzdan kechirardi. – Boʻlatbekov Eshim va Zorliqov Bektoyni. – Men axir hali ular bilan gaplashmadim-ku, ular bunga nima deyisharkin. – Tagʻin oʻz bilganingdan qolmaysan-a! – jahli chiqdi raisning. – Gʻalati odamsan. Ular bilan gaplashishing shartmi? Baribir emasmi? Ular hech qayoqqa qochib ketishmaydi, biz ularni senga biriktirib qoʻyganmiz, masala hal boʻlgan. – Masala hal boʻlsa, men bilan gaplashib oʻtirishning nima hojati bor? – Tanaboy nari ketdi. – Shoshma, – uni toʻxtatdi Choro. – Hammasini eslab qoldingmi? – Eslab qoldim, eslab qoldim, – ensasi qotib yoʻlida gap otdi Tanaboy... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling