Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 73 library.ziyonet.uz/ qogʻozlarini yigʻishtirib, dala sumkasiga sola boshladi. – Lekin sen koʻp kuyinaverma. Men, masalan, aminman, juda aminmanki, qanchalik qiyin boʻlmasin, baribir qaddimizni rostlab olamiz, orzu qilganimizday yashay boshlaymiz... – dedi u keta turib. Ostonada qayrildi-da, dedi: – Menga qara, Tanaboy, bir kuni men koʻchadan oʻtib borayotgandim, sening uying juda huvillab qolibdi. Qarovsiz qoldiribsan uni. Sen doim togʻdasan, uying boʻlsa xoʻjasiz. Jaydar urush yillari yakka-yolgʻiz boʻlsa ham uni hozirgidan yaxshiroq saqlagandi. Bir borib koʻr. Nima kerak boʻlsa aytarsan, bahorda yordamlashib, shikastini tuzatib berarmiz. Yozda kanikulga kelgan bizning Shomansur ham gʻayratiga chidamay oʻroqni oldi, Tanakaning hovlisidagi yavshonlarni oʻrib tashlay, dedi. Suvoqlari koʻchib, oynalari singan, chumchuqlar xonalarda xuddi xirmondagiday uchib-qoʻnib yuribdi, deydi. – Uy toʻgʻrisidagi gaping toʻgʻri. Shomansurga ham rahmat. Uning oʻqishlari qalay? – Ikkinchi kursda endi. Oʻqishi, menimcha, yaxshi. Mana sen yoshlarni gapirding, men esa oʻgʻlimga qarab, hozirgi yoshlar yomon emas, degan fikrga keldim. Uning soʻzlaridan bildimki, institutdagilar qobil bolalar ekan. Keyin ma’lum boʻlar, yoshlar bilimdon, oʻzlari haqida oʻylab koʻrishar. Choro otxonaga ketdi, Tanaboy esa oʻz uyini koʻrgani joʻnadi. Hovlining hamma yerini aylanib chiqdi. Yozda Choroning student oʻgʻli oʻrib tashlagan quruq, changli burgan oyogʻi ostida shitirlardi. Uyi egasiz, qarovsiz qolganligidan uyalib ketdi. Boshqa chorvadorlarning uylarida qarindosh-urugʻlari qolar yoki kimdir qarab turar edi. Uning boʻlsa ikki qadrdon opa-singlisi boshqa ovullarda yashashar, akasi Quliboy bilan munosabatlari yomon edi. Jaydarning esa umuman yaqin qarindoshlari yoʻq. Mana shunday qilib, uy qarovsiz qolib ketdi. Tagʻin uzoq yaylovda choʻpon boʻlib ishlashga toʻgʻri kelyapti. Tanaboy hali ikkilanayotgan boʻlsa ham, Choro baribir uni koʻndirishini, uning soʻzini qaytara olmasligini, har doimgiday rozi boʻlishini bilardi. Ertalab mashinada ovuldan chiqishdi va tuman markaziga joʻnab ketishdi. Yangi uch tonnalik GAZ hammaga yoqdi. «Xuddi podsholarday ketyapmiz-a!» – hazillashishardi molboqarlar. Tanaboy ham xursand edi – u koʻpdan buyon, urushdan beri mashinada yurmagandi. Oʻshanda Amerikaning «studebekker»larida Slovakiya va Avstriya yoʻllarida kezib chiqqandi. Yuk mashinalari kuchli, uch oʻqli edi. «Bizga shundaylari kerak edi-da, – oʻylagandi oʻshanda Tanaboy. – Ayniqsa, togʻ etaklaridan gʻallalarni tashib olishga juda bop ekan. Bundaylar hech qayerda tiqilib qolmaydi. Urush tugagandan keyin bizda ham shunaqa mashinalar boʻlishiga ishongandi. Gʻalabadan keyin hammasi boʻladi!.. Ochiq kuzov ustida shamolda gap-soʻz qovushmasdi. Tanaboy yoshlarga gap qotmaguncha hamma jim borardi: – Qoʻshiq aytinglar, bolalar. Biz keksalarga qarab oʻtirmanglar. Kuylanglar, kuylash sizdan, tinglash bizdan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling