Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
71 
library.ziyonet.uz/ 
 
– Xoʻp mayli, oʻylab koʻr. Ammo ertalabgacha hal qil, ertaga kengash oldida hisob 
berish kerak. Jaydar bilan keyin maslahatlashasan, hammasini tushuntirasan unga. 
Mening oʻzim ham bir payti kelib qolganida unga uchrashaman, soʻzlab beraman. U aqlli 
ayol, tushunadi. U yoningda boʻlmaganida edi, allaqachon biron yerda boʻyning uzilardi, 
– hazillashdi Choro. – Jaydarning ahvoli qalay? Bolalar-chi? 
 
Ular oila haqida, kasallik haqida, u yoq-bu yoqdan gaplashib oʻtirishdi. Tanaboy Choro 
bilan muhim bir gapni boshlamoqchi boʻlib turuvdi, togʻlardan chaqirilgan molboqarlar 
kirib kelib qolishdi. Choroning oʻzi ham soatiga qarab shoshib qoldi. 
 
– Demak, shunday. Otingni otxonaga topshir. Ertalab mashinada hammamiz birga 
ketishga qaror qildik. Biz axir mashina oldik-ku. Ikkinchisini ham yaqinda olamiz. 
Ishimiz yurishib ketadi! Men esa hozir joʻnayman, soat yettida raykomga yetib borishga 
buyruq berilgan. Rais hozir u yerda. Yoʻrgʻada kechga qadar yetib olarman deb 
oʻylayman, u mashinadan yomon yurmaydi. 
 
– Iya, Gulsarini sen minib yuribsanmi? – hayron boʻldi Tanaboy. – Siylabdi-da, rais... 
 
– Nima desam ekan. Siyladimi, siylamadimi, har holda uni menga berdi. Bilasanmi nima 
boʻlganini? – kulib qoʻllarini kerib qoʻydi Choro. – Gulsari nima uchundir raisni yomon 
koʻrib qoldi. Sira aql bovar qilmaydi. Uni oʻziga yaqin keltirmaydi. Unday ham, bunday 
ham qilib koʻrdi. Hech eplab boʻlmadi. Urib oʻldirsang ham yoʻlatmaydi. Men minsam 
yaxshi yuradi, uni yaxshi oʻrgatibsan minishga. Bilasanmi, ayrim paytlarda yuragimning 
ogʻrigʻi tutib qoladi, yoʻrgʻa otga oʻtirib bir aylanib kelsam, ogʻriq bir pasda oʻtadi-
ketadi. Birgina shu uchun umr boʻyi partorg boʻlib ishlashga tayyorman, u meni 
davolayapti! – kuldi Choro. 
 
Tanaboy kulmasdi. 
 
– Men ham uni sevmayman, – dedi u. 
 
– Kimni? – soʻradi Choro kulgidan yoshlangan koʻzlarini arta turib. 
 
– Raisni. 
 
Choro jiddiylashdi. 
 
– Nima uchun yaxshi koʻrmaysan? 
 
– Bilmayman. Nazarimda, u poʻk odam, poʻk va johil odam. 
 
– Sening koʻnglingni topish qiyin oʻzi. Meni umr boʻyi boʻshangligim uchun koyib 
kelding, endi buni ham yaxsha koʻrmas ekansan... Bilmadim. Men ishga yaqinda 
chiqdim. Hali tushunib-bilib olganimcha yoʻq. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling