Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
72 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Ular jimib qolishdi. Tanaboy Choroga kishan haqidagi, bichish haqidagi gapni gapirib 
bermoqchi edi-yu, lekin endi bu gap unga oʻrinsiz boʻlib koʻrindi. Gap uzilib qolmasligi 
uchun Tanaboy oʻzini xursand qilgan yaigilik haqida gap ochdi: 
 
– Mashinani berishganligi juda yaxshi boʻlibdi-da. Demak, endi kolxozlarga ham 
mashina kela boshlarkan-da. Keladi, keladi. Vaqti keldi, esingdami, urushdan avval biz 
birinchi polutorkani olgandik. Miting boʻlib oʻtgandi. Boʻlmasam-chi, kolxozning oʻz 
mashinasi-ya, sen kuzovda turib nutq ham soʻzlaganding: «Mana, oʻrtoqlar, sotsializm 
samarasi!» Keyinchalik esa uni ham frontga olib ketishdi... 
 
Ha, shunday zamonlar boʻlgandi... Quyoshning chiqishiday ajoyib zamon. Avtomashina 
ham gapmi! Chu kanali qurilishidan qaytishganlarida, oʻzlari bilan dastlabki patefonlarni 
olib kelishganlarida ovul yangi qoʻshiqqa qanday qiziqqan edi! Yozning oxirlari, 
oqshomlari patefoni bor odamlarnikida toʻplanishar, ularni koʻchaga olib chiqishar, soʻng 
hammalari qizil durrali zarbdor qiz haqidagi plastinkani qayta-qayta eshitishgani-
eshitishgan edi. «Ey qizil durrali toʻlin oy, qaynatib bersang-chi menga choy!..» Bu ham 
ular uchun sotsializm samarasi edi... 
 
– Bizning oʻzimiz-chi, esingdami Choro, mitingdan keyin polutorkaga rosa tiqilishgandik 
– mashina liq toʻlgan edi! – eslardi ruhlanib Tanaboy. – Men bayramdagidek, kabina 
yonida qizil bayroqcha koʻtarib turardim. Biz shunchaki, bekordan-bekorga stansiya 
tomonga qarab ketdik, u yerdan esa temir yoʻl yoqalab boshqa stansiyaga, Qozogʻistonga 
bordik. Parkda pivo ichdik. U yoqqa borishda ham, bu yoqqa qaytishda ham butun yoʻl 
boʻyi hammamiz qoʻshiq aytgandik. U yigitlardan hozir oz qoldi – hammasi urushda 
halok boʻlishdi. Ha... Tunda ham, bilasanmi, bu qizil bayroqchani qoʻlimdan 
tushirmagandim, tunda uni kim koʻrardi deysan? Men boʻlsam qoʻlimdan tushirmay 
hamon ushlab borardim... Bu mening bayroqcham edi. Tinmay ashula aytardim, hatto 
xirillab qolgandim, esimda... Nega hozir ashula aytmaymiz-a, Choro? 
 
– Qarib boryapmiz, Tanaboy, endi negadir yarashmaydi ham... 
 
– Yoʻq, men buni aytganim yoʻq – biz aytadigan qoʻshigʻimizni aytib boʻldik. Xoʻsh, 
yoshlar-chi? Mana men internatda oʻgʻlimning oldiga borib turaman. Qanday ta’lim 
olarkin u yerda? Hozirdanoq boshliqqa xushomadgoʻylik qilishni biladi. Sen, ada, deydi, 
maktab direktoriga dam-badam qimiz olib kelib tur.. Xoʻsh, nega? Oʻqishi yomon emas... 
Qanday qoʻshiq aytishlarini tinglab koʻrsang edi. Bolaligimda Aleksandrovkada 
Yefremovnikida batraklik qilgandim, bir kuni u diniy bayramda meni cherkovga olib 
borgandi. Bizning bolalarimiz ham qoʻllarini yonlariga tushirib olib, yuzlari toshdek 
qotgan holda, sahnada rus cherkovidagiday ashula aytishadi. Bir xil ashula aytishadi... 
Menga yoqmaydi bu. Umuman, endi men koʻp narsaga tushunmay qoldim, soʻzlashib 
olsak boʻlardi... Hayotdan ortda qolib ketdim, hamma narsani ham tushunavermayman, 
 
– Mayli, Tanaboy. Boshqa vaqtda gaplashib olarmiz, fursat toparmiz. – Choro 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling