Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
80 
library.ziyonet.uz/ 
 
ijirgʻanib gapirdi. – Qoʻlingni menga bigiz qilib gapirma. Bu sening ishing emas Oʻzini 
suvga ham, oʻtga ham urgan sen emas, biz boʻlamiz. Afsuslanmaymiz bundan. Sizlarni 
deb oʻzimizni oʻtga, suvga tashlaganmiz. Shunday qilmaganimizda edi, koʻrardim hozir 
ahvoling nima boʻlishini. Kino koʻrish, gazeta oʻqish ham gapmi, oʻz otingni ham 
bilmagan boʻlarding. Uch harfdangina iborat birgina «qul» degan oting boʻlardi sening... 
 
Tanaboy Bektoyni yoqtirmasdi, lekin mana shu toʻgʻri soʻzligi uchun uni ichidan hurmat 
qilardi. Bektoyning fe’l-atvori aynib borayotgandi. U yigitning egri yoʻlga kirib 
ketayotganligini koʻrib Tanaboy achinardi. Keyinchalik ularning yoʻllari ajralib ketib, 
shaharda tasodifan uchrashib qolganlarida Tanaboy unga hech narsa demadi, uning 
soʻzlarini tinglab oʻtirmadi ham. 
 
Oʻsha erta tushgan qish kunlari edi... Qish oʻzining oppoq qahrli tuyasida tez yelib-
yugurib kelib, choʻponlarni begʻamligi uchun jazolay ketdi. 
 
Butun oktabr' oyi quruq kelgandi, hamma yoq oltin tusga kirgandi. Noyabr' oyida esa 
birdaniga qish tushib qoldi. 
 
Tanaboy kechqurun qoʻylarni haydab kelib, ularni qoʻraga qamadi, hamma narsa goʻyo 
oʻz joyidagidek edi. Ammo tun yarmida uni xotini uygʻotib qoldi: 
 
– Tur, Tanaboy, men juda sovqotib qoldim. Qor yogʻyapti. 
 
Uning qoʻllari muzday edi, hamma yeridan qor hidi kelardi. Miltiq ham nam va sovuq 
edi. 
 
Hovlida oqish tun. Qor gupillab yogʻyapti. Qoʻylar qoʻralarda bezovtalanib yotishardi
qorga koʻnikmaganliklaridan silkinishar, kallalarini chayqashar, qor boʻlsa hamon 
shigʻab yogʻardi. 
 
«Shoshmanglar, hali siz bilan bizning boshimizga bundan ham battarroq kunlar keladi, – 
deb oʻyladi Tanaboy poʻstiniga oʻralib. – Erta, juda erta kelding sen qish. Oqibati nima 
boʻlarkin, yaxshilikmi, yomonlikmi? Balki keyinchalik yumshab qolarsan, ha? Faqat 
qoʻylar qoʻzilaguncha oʻtib ketsang boʻlgani. Bor iltimosimiz mana shugina. Hozircha 
esa oʻz bilganingni qilaver. Bunga haqqing bor, hech kimdan soʻramasang ham 
boʻladi...» 
 
Qish indamay qorongʻida, odamlar uh tortib, u yoqdan bu yoqqa yugurgilab qolsin deb 
oʻz ishini qilar edi. 
 
Togʻlar tunda qorayib, bahaybat turar edi. Ular qishni pisand qilmasdi. Anavi choʻponlar 
suruvlari bilan yelib chopaverishsin. Togʻlar esa qanday turgan boʻlsa, shunday 
turaveradi. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling