Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 88 library.ziyonet.uz/ doʻngliklar orasida siqilib turar, undan keyin balandroq tepaliklar, ulardan keyin esa yana balandroq qorli togʻlar qad koʻtargan edi. Oppoq yonbagʻirlar tepasida yalangʻoch tosh qoyalari qorayib koʻrinardi. U yerdagi togʻlar ustida yoppasiga muz bilan qoplangan qish yotardi. U bu yoqqa qoʻlini uzatishi mumkin. Faqat harakatga kelishi, pastga bulutlarni tushirib yuborishi va darani tumanlikka gʻarq qilib yuborishi qolgan. Keyin darani qidirib topolmaysan. Havo aynib, osmon kulrang tusga kirgan edi. Pastlab shamol esardi. Tevarak boʻm-boʻsh. Togʻlar, hamma yoqda togʻlar, qoʻrquvdan kishining yuragi muzlab ketadi. Xaroba qoʻyxonada qoʻzichoqlar ma’rashardi. Otardan qoʻzilay deb qolgan yana oʻn bosh sovliqni haydab kelishdi, qoʻzilasin deb qoʻyxonada qoldirishdi. Qoʻy galalari jinday boʻlsada, xashak topish uchun sekin yurib ketdi. Endi yaylovda ham ulardan koʻz-quloq boʻlib turish kerak. Shunday paytlar ham boʻladiki, sovliqning yaqin orada qoʻzilashi mumkin ekanligini bilib boʻlmaydi. Keyin, birdan butaning orqasiga boradi-da, boʻshab oladi. Agar vaqtida qaralmasa qoʻzichoq zax yerda yotib, shamollab, kasallanib nobud boʻlishi mumkin. Shunday boʻlsa ham Tanaboy tepalikda uzoq turib qoldi. Qoʻlini siltab, qoʻyxona tomon yurib ketdi: u yerda ishlar hali koʻngildagidek emas edi. Hali nimalardir qilib ulgurish kerak edi. Keyin Ibrohim yetib keldi, u un keltirgan edi. Koʻzlari hayosizlarcha boqardi... Qayoqdan olib beraman sizga saroyni? – derdi. Kolxozdagi qoʻyxonalarning hammasi shunaqa. Boshqasi yoʻq. Kommunizmga yetganimiz yoʻq hali. Tanaboy unga musht koʻtarib tashlanishdan oʻzini arang tutib qoldi. – Bu yerda sening pichingingga balo bormi? Men ish haqida gapiryapman, men ish haqida oʻylayapman. Men javobgarman. – Demak, men sizningcha, oʻylamayotgan ekanman-da? Siz qandaydir bir otar uchun javob berasiz, men esa hammasi uchun, siz uchun, boshqalar uchun, butun chorvachilik uchun. Menga oson deb oʻylaysizmi? – Bu olgʻirning birdan ingrab yuborganidan Tanaboy hayratda qoldi, u kaftlari bilan koʻz yoshlarini arta turib gʻoʻldiradi: – Men sudga tushaman! Sudga! Hech qayerdan hech narsa ololmaysan. Odamlar saqmonchilikka hatto vaqtinchalikka ham borishmayapti. Mendan, boshqa hech narsani kutmang ham. Men behuda, behuda bu ishga oʻtgan ekanman... Shundan soʻng biron tayinli gap aytmay, sodda Tanaboyni xijolatga qoldirib chiqib ketdi. Keyin uni bu yerda boshqa koʻrishmadi. Hozircha birinchi yuz bosh sovliq qoʻziladi. Vodiyning yuqori qismiga joylashgan Eshim bilan Bektoylarning otarida qoʻzilash hali boshlanganicha yoʻq edi, lekin Tanaboy ofat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling