Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 87 library.ziyonet.uz/ tong otarga qadar hadeb oʻylagani-oʻylagan. Gangib qolib, qoʻllari uvushdi. Buning ustiga shamol fonarni oʻchirardi. Yaxshiki, saqmonchilar zorlanmadi, Tanaboy va Jaydar singari ishlashdi. Oradan bir kun oʻtdi, ikki, uch kun oʻtdi va hokazo. Ular esa hamon goʻngni tashir, devor va tom teshiklarini berkitar edilar. Bir kun kechasi Tanaboy qoʻyxonadan zambil bilan chiqayotib otarda qoʻzichoqning ma’ragani va ona qoʻyning bezovtalanib, unga javoban oyoq tepishini eshitdi. «Boshlandi!» –yuragi shuv etib ketdi. – Eshityapsanmi? – xotiniga oʻgirilib qaradi Tanaboy. Ular birdan goʻng solingan zambilni oyoqlari ostiga tashlab, fonarni ushlaganlaricha otar tomon yugurishib qolishdi. Fonarning xira nurida qoʻy galasini timirskilab qaray boshlashdi. Qayoqda u? Huv ana, burchakda! Sovliq qoʻy hozirgina tugʻilib qaltirab turgan uvoqqina qoʻzichoqni yalab turgan edi. Jaydar uni bariga solib oldi. Yaxshiyam oʻz vaqtida ulgurishdi, boʻlmasa qoʻrada muzlab qolgan boʻlardi. Ularning yonginasida yana bir sovliq qoʻzilaganligini koʻrdilar. U egizak tuqqan edi. Bularni Tanaboy plashining etagiga soldi. Beshtasi toʻlgʻoq tutib, kuchanib ma’rab yotgan edi. Demak, boshlanibdi. Ertalabgacha bular ham qoʻzilaydi. Saqmonchilarni chaqirishdi. Qoʻzilagan qoʻylarni qoʻyxonaning haligi naridan-beri tozalangan burchagiga joylashtirish uchun qoʻy qoʻradan ajratib chiqara boshladilar. Tanaboy devor ostiga poxol toʻshab, onasining ogʻiz sutini birinchi tatib koʻrgan qoʻzichoqlarni yotqizib, ularning ustini qop bilan yopib qoʻydi. Sovuq. Ona qoʻylarni ham shu yoqqa qoʻyib yubordik-ku, – labini tishlagancha oʻylanib qoldi. Oʻylab oʻtirishdan nima foyda? Faqat bir ilojini qilarmiz degan umid qoldi. Qancha ish, qancha tashvish... Hech boʻlmasa poxol yetarli boʻlganda edi, u ham yoʻq. Ibrohim unga ham uzrli sabab topadi. Yoʻlsiz togʻda poxol tashib koʻrchi, deydi. E, nima boʻlsa boʻlar, borib siyoh solingan bankani olib keldi. Bitta tugʻilgan qoʻzichoq orqasiga ikki, egizaklariga esa uch raqamini yozib qoʻydi. Ona qoʻylarni ham xuddi shunday nomerlab chiqdi. Yuzlab qoʻy qoʻzilagandan soʻng ularni bir-biridan ajratib koʻrchi. Choʻponlar ishining eng qizgʻin pallasi boshlandi. Boshlanganda ham u xuddi mudofaadagiday, bosib kelayotgan tanklarni hech nima bilan daf eta olmagan paytdagidek shafqatsizlik bilan boshlangan edi. Sen esa okopda turasan va hech qayoqqa ketmaysan, chunki ketish mumkin emas. Ikkisidan biri – yo oxirigacha tik turib olishish, yoki oʻlish kerak. Tanaboy har kun ertalab qoʻylarni yaylovga chiqarib yuborish oldidan, goʻyo oʻz jabhasini baholayotganday, tepalik ustida jimgina turib atrofga qarardi. Uning mudofaa liniyasi koʻhna, yaramaydigan edi. Biroq, u turib berishi kerak. Uning hech qayoqqa ketishi mumkin emas. Ichidan sayoz soy oqib turgan ilon iziga oʻxshash kichik bir dara |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling