Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 83 library.ziyonet.uz/ qiynalmasliklari uchun ularni oʻz yurishiga qarab, bamaylixotir haydab ketdi. Keyinchalik Beshtol vodiysiga olib boradigan xuddi shu yoʻlni tagʻin ikki marta bosib oʻtishi, otaligʻidagi choʻponlarga koʻmaklashishi kerak edi. Qoʻylar asta-sekin jilib borishardi, ularni shoshirib boʻlmasdi. Hatto it ham zerikib ketdi, u yoqdan-bu yoqqa izgʻib chopa boshladi. Quyosh bota boshlagandi, ammo hali tafti bor edi. Suruv togʻ etaklariga tushgan sari havo ham shunchalik isiy boshlardi. Kungay joylarda oʻtlarni oʻra boshlagan edilar. Yoʻlda bir oz toʻxtab qolishdi, birinchi sovliq qoʻzilab qoʻydi. Buni hech kim kutmagan edi. Tanaboy kuyib-pishib, yangi tugʻilgan qoʻzining quloq va burun kovaklariga puflardi. Qoʻzilashga ham bir haftacha vaqt bor edi. Bu tomdan tushgan tarashaday boʻldi. Ehtimol, yoʻlda tagʻin qoʻzilab qolishar? Boshqa sovliqlarini koʻzdan kechirdi – yoʻq, unaqaga oʻxshamaydi. Xotirjam boʻldi, keyin hatto kayfi chogʻ boʻlib ketdi. Uning birinchi qoʻzichogʻiga qizlari oʻzlarida yoʻq quvonishar. Toʻngʻich doim aziz boʻladi-yu. Qoʻzichoq ham yaxshigina edi. Kipriklari qora, tuyoqlari qora, oʻzi oppoq. Otarda bir nechta yarim dagʻal junli qoʻylar bor edi, xuddi ana shulardan biri qoʻziladi. Ularning qoʻzilari odatda mayin junli qoʻylarning deyarli qip-yalangʻoch tugʻiladigan qoʻzilaridan farqli oʻlaroq baquvvat junli boʻlishardi. – Ha, mayli, shoshilgan ekansan, ana, yorugʻ dunyoni koʻrib ol, – dedi Tanaboy. – Ham bizga baxt-saodatli boʻlib kel! Oʻzingga oʻxshagan qoʻzichoqlardan shuncha koʻp ergashib kelsinki, qadam bosishga joy topilmasin, sizlarning ovozlaringizdan quloqlarimiz bitib ketsin, hammasi tirik qolsin. – U qoʻzichoqni boshi uzra koʻtardi. – Qarab qoʻy, mana u, toʻngʻich qoʻzichoq! Tevarak-atrofda togʻlar turar, ular sukut saqlashardi. Tanaboy qoʻzichoqni poʻstini ostiga yashirdi va qoʻylarni haydab ketdi. Ona sovliq izma- iz chopar, bezovtalanar, ma’rar edi. – Yur, ketdik! – dedi unga Tanaboy. – U shu yerda, hech qayoqqa ketmaydi. Poʻstin ostida qoʻzichoq quridi, isinib oldi. Tanaboy kechga yaqin otarni bazaga haydab keldi. Hamma joyida edi, oʻtovdan tutun oʻrmalardi. Chodir oldida saqmonchilar ivirsib yurishardi. Demak, bir amallab kelib olishibdi. Eshim koʻrinmasdi. Ha, rostdan ham, u ertaga oʻzi koʻchib kelish uchun yuk tashuvchi tuyani olib ketuvdi. Hammasi joyida. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling