Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
86 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Uyga joʻnanglar, – dedi ularga otasi. 
 
U nomus qilardi. Koʻzlarini yerdan koʻtarmay tosh tashirdi. Haq gapni aytgandi Choro, 
Jaydar boʻlmaganida Tanaboy bechora boshini omon saqlay olmasdi. 
XVI 
Ertasiga Tanaboy oʻz otaligʻidagi choʻponlarni koʻchirib kelishga ketdi. Keyin butun 
hafta boʻyi tinmay ishladi. U hatto shunday qattiq ishlaganini eslay olmasdi. Axir frontda 
mudofaa liniyasini kecha-yu kunduz uxlamay qurgan emasmidi. Biroq u yerda polk bilan
diviziya bilan, armiya bilan birga edi. Bu yerda-chi, oʻzi, xotini va saqmonchilardan biri. 
Ikkinchisi esa yaqin oraga qoʻylarni yoygani ketgan edi. 
 
Hammadan ham qoʻyxonani goʻngdan tozalash, na’mataklarni kesib keltirish qiyin 
boʻldi. Butazor qalin boʻlib, turgan-bitgani tikan edi. Tanaboyning etigi yirtilib, eskirib 
qolgan soldatcha shineli ham ilma-teshik boʻlib ketgan edi. Kesilgan na’matak shoxlari 
arqon bilan bogʻlanib sudrab keltirilardi; tikanli boʻlganidan na otga ortib, na orqalab 
boʻlardi. – Beshtol vodiysi emish, undan beshta toʻnkani ham izlab topolmaysan, – 
soʻkinardi Tanaboy. Bu la’nati na’matakni ikki bukilib egilib, terga botib 
tashiyverganlaridan yoʻl to qoʻy qoʻragacha tirmalab chashlangan edi. Tanaboy xotin-
qizlarga achinardi, biroq, iloj qancha. Ular xavotirda ishlashardi, ish orasida goh-goh 
havoga ham qarab qoʻyish zarur edi. Havoning avzoyi qalay? Qor urib bersa bularning 
hammasi bir pul. U qoʻylar qoʻzilab qolmadimikan deb, xabar olib kelish uchun katta 
qizini otarga yugurtirdi. 
 
Qoʻyxonani goʻngdan tozalash ham ogʻir edi. Bu yerda shunchalik koʻp goʻng bor ediki, 
uni yarim yil ichida ham tashib chiqarish mumkin emasdi. Agar qoʻy qiyi yaxshi tom 
ostida quruq va shibbalangan boʻlsa, uni qirqish ham koʻngilli boʻladi. Bir-biriga 
zichlashib, qotib qolgan qiyni kessang, palaxsa-palaxsa chiqadi. Ularni quritish uchun 
katta-katta uyum qilib taxlab qoʻyiladi. Qoʻy qiyining choʻgʻi yoqimli va begʻubor 
boʻladi, qish sovugʻida choʻponlar uni yoqib isinadilar. Ammo goʻng, bu yerdagidek, 
yomgʻir yoki qor ostida qolgan boʻlsa, u holda buni tozalashdan ham ogʻirroq ish yoʻq. 
Tinkani quritadigan ish. Vaqt esa kutib turmaydi. Kechalari is bosgan fonar' yorugʻida 
ular bu muzdek, yopishqoq, qoʻrgʻoshinday ogʻir balchiqni zoʻr berib zambilda tashir 
edilar. Mana, ularning ikkinchi sutka ishlashlari. 
 
Qoʻyxona orqasiga kattakon goʻng uyumini tashib chiqarishgan edi, qoʻyxonaning ichi 
hali goʻng bilan liq toʻla. Kutib turgan qoʻzichoqlar uchun, hech boʻlmaganda, 
qoʻyxonaning biron burchagini ochishga shoshilishardi. Ona-bola qoʻylarning hammasini 
joylashtirish uchun butun bir qoʻyxona torlik qilib turgan paytda, bir burchagini ochish 
nima degan gap, – kuniga yigirmatadan, oʻttiztadan qoʻylar qoʻzilayotgan boʻlsa! «Nima 
boʻladi?» – faqat shu haqda oʻylardi Tanaboy, zambilga goʻngni solishda ham, 
tashiyotganda ham, uni toʻkib qaytib kelayotganda ham. Shu tarzda yarim kechadan to 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling