Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
89 
library.ziyonet.uz/ 
 
kelayotganligini sezgandi. Ularning hammasi, katta yoshdagi uch kishi hamda olti yashar 
katta qizi hozir qoʻylarni boqib yurgan qari choʻpon, ayolni hisobga olmaganda
qoʻzichoqlarni artish, onalarining oldiga olib borish, nima bilan boʻlsa ham isitish, 
goʻnglarni tashib chiqarish, toʻshash uchun xashak tashib kelishga arang ulgurishardi. 
Qoʻzichoqlarning ochlikdan ma’rab qichqirgan ovozlari eshitila boshladi, ularga sut 
yetishmasdi, holdan toygan ona qoʻylarning emizish uchun suti yoʻq edi. Oldinda nimalar 
kutyapti? 
 
Choʻponlarning bosh qashishga qoʻli tegmaydigan kunlari va tunlari boshlandi. Qoʻylar 
shu daraja koʻp qoʻzilay boshladiki, ular nafas olishga ham imkon bermasdi. 
 
Kecha havo ularni bir qoʻrqitdi! Birdan qattiq sovuq boshlanib, qora bulutlar osmonda 
oʻrmalay boshladi, quruq qor yogʻa ketdi. Hamma narsa tumanlikka choʻkib, 
qorongʻilashdi... 
 
Biroq bulutlar tezda tarqalib havo iliy boshladi. 
 
Havodan koʻklam hidi, nam hidi keladi. «Xudo xohlasa, bahor ham kelib qolar. Kelganda 
ham turib bersin, agar bir kelib, bir ketadigan boʻlsa, undan yomoni yoʻq», – oʻylardi 
Tanaboy panshaxada poxol ustidagi qoʻyning yoʻldoshini olarkan. 
 
Bahor ham keldi, ammo Tanaboyning kutganiday boʻlmadi... U birdan tunda yomgʻir, 
tuman va qor bilan kirib keldi. Oʻzining butun sovuq qor-yomgʻirini, oʻtov, qoʻyxonalar, 
xullas, nimaiki boʻlsa, hammasining ustiga tashlay boshladi. Muzlagan loyli yerdagi 
ariqlar, koʻlmak suvlar koʻpirib, toshib ketgan edi. Chirib qolgan tomdan sizib oʻtayotgan 
suv devorlarni yuvib, qoʻyxonani bosib ketdi, undagi qoʻy qoʻzilarni qaltiroq bosib, 
suyak-suyagidan sovuq oʻtib ketdi. Hammani oyoqqa turgʻizdi. Hamma qoʻzichoqlar 
suvda gʻuj boʻlishib bir yerga toʻplanishdi. Ona qoʻylar suvda qoʻzilab ma’rab 
qichqirardi. Bahor qoʻzichoqlarni tugʻilishi bilanoq muzdek suvga choʻmiltirib 
choʻqintirdi. Plash kiyib, qoʻllariga fonar' ushlagan kishilar hovliqishardi. Tanaboy 
oyogʻi kuygan tovuqday tipirchilab qoldi. Katta etiklari bilan qorongʻilikda koʻlmaklar, 
goʻng shiltalari ustidan kechib yurardi. Plashning etaklari yaralangan qush qanotiday 
shapillardi. U xirillar, oʻziga oʻzi va boshqalarga baqirardi: 
 
– Tezroq misrangni ber! Belkurakni! Goʻngni bu yoqqa agʻdaringlar! Suvni toʻsinglar! 
 
Hech boʻlmaganda qoʻyxonaga tez oqib kirayotgan suvni chetga burib yuborish kerak 
edi. Muzlab yotgan yerni chopib, ariq oʻydi. 
 
– Fonarni tut! Bu yoqni yorit! Nega qarab turibsan! Tun esa tuman bilan xiralashib, qor 
aralash yomgʻir urayotgan edi. Uni aslo toʻxtatib boʻlmasdi. 
 
Tanaboy oʻtovga yugurib ketdi. Chiroqni yoqdi. Bu yerda ham hamma yoqdan chakka 
oʻtayotgan edi. Biroq qoʻyxonadagidek emasdi. Bolalar uxlashardi, ularning koʻrpasi 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling