Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
92 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Bu kasaldan boshi chiqmasin! – deb soʻkindi Tanaboy. 
 
Jaydar uning tanobini tortib qoʻymoqchi boʻldi-yu, lekin botina olmadi, hozir buning 
mavridi emasdi. 
 
Oradan uch kun oʻtgandan soʻng havo ochila boshladi. Bulutlar erinchoqlik bilan sudralib 
ketishdi, togʻlardan tuman koʻtarildi. Shamol tindi. Biroq kech kirib qolgan edi. Bu 
kunlar ichida boʻgʻoz sovliqlar shu daraja oriqlab ketgan ediki, hatto ularga qarab 
boʻlmasdi. Ozib-toʻzib, ingichka oyoq ustida, puflaganday katta qorinlarini osiltirib 
turishardi. Ularni sut emizuvchi sovliq deb qanday aytish mumkin! Hozircha qoʻzilab 
tirik qolgan sovliqlar, qoʻzichoqlardan koʻpchiligi bahorga chiqib olib, koʻkatga ogʻzi 
tekkandan keyin sogʻayib ketisharmikin? Ertami-kechmi, kasallik ularni yiqitadi. Yoʻqsa, 
«xoʻrda» boʻladi: undan na jun, na goʻsht olish mumkin... 
 
Havoning endigina ochilishi bilan yana boshqa falokat yuz berdi – yer yuzi muzlay 
boshladi. Biroq tushga borib yumshadi. «Ehtimol, yana qolganini saqlab qolish mumkin 
boʻlar», quvonib ketdi Tanaboy. Yana belkurak, panshaxa, zambilni ishga solishdi. Oz 
boʻlsa ham qoʻyxonaga yoʻl ochish kerak, boʻlmasa qadam bosishga yoʻl yoʻq. Bu bilan 
bir oz mashgʻul boʻldi. Hali yana onasiz qolgan qoʻzichoqlarni ovqatlantirishi, ularni 
bolasiz sovliqlarning yoniga olib borishi kerak. Ular esa boʻysunishmas, begona 
qoʻzichoqlarni yaqiniga yoʻlatishmas edi. Qoʻzichoqlar tumshuqchalari bilan turtib-
niqtab sut soʻrashar, muzdek ogʻizchalari bilan barmoqlarni tortqilab soʻrishardi. Tortib 
olguday boʻlsang plashning ifloslanib kir boʻlib ketgan barini shimishar, ovqat qidirishar 
edi. Ma’rab yurgan qoʻy toʻdalari orqasidan chopishardi. 
 
Koʻz yoshi qilsami, yoki tars yorilib ketsami. Bu xotinlardan va yosh qizlardan yana 
boshqa nimani ham talab qilishi mumkin. Oyoqda arang turishibdi. Shilta hoʻl plashda 
yurganlariga qancha boʻldi. Ularga hech nima demasdi Tanaboy. Lekin bir safar oʻzini 
tutib turolmadi. Keksa xotin qoʻylarni kunning yarmida qoʻraga haydab keldi, Tanaboyga 
yordamlashmoqchi boʻldi. Tanaboy qoʻylarning ahvolidan xabar olmoqchi boʻlib yugurib 
chiqdi. Ularga koʻz tashlashi bilan tutaqib ketdi. Qoʻylar turgan joyida bir-birovining 
yungini yamlab yeyishayotgan edi. Demak, bu qoʻylar ochligidan oʻlib ketadigan 
boʻlibdi. Tanaboy yugurib borib ayolga oʻshqirdi: 
 
– Ha kampir, senga nima balo boʻldi? Koʻrmayapsanmi! Nega nafasing chiqmaydi? 
Yoʻqol bu yerdan! Otarni hayda. Ularni biron yerda tutib turma. Bir-birining yungini 
gʻajishga ham yoʻl qoʻyma. Biror daqiqa ham toʻxtatma. Boʻlmasa oʻldiraman! 
 
Bu yerda yana boshqa falokat – egizak tuqqan sovliqlardan biri oʻz bolalarini yaqiniga 
yoʻlattirmayapti. Ularni suzib, tepib haydab yuboradi. Qoʻzichoqlar boʻlsa intilib, 
zorlanib yigʻlashardi. Bu hol ona qoʻyning jon saqlab qolish uchun qoʻzichoqlarni 
emizishdan instinktiv ravishda voz kechganida yuz berishi mumkin, chunki uning 
organizmi kuch-quvvatdan ketgan boʻlib, boshqani boqishga holi kelmaydi. Bu hodisa 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling