Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 94 library.ziyonet.uz/ – Boshqa otarlarda ahvol qalay? – Ahvol chatoq, shu uch kun ichida koʻpi qirilib ketdi. – Choʻponlar nima deyishyapti? – Eh, soʻramang. Soʻkinishadi. Bir xillari gaplashishni ham istamaydi. Bektoy meni hovlidan haydab chiqardi. Jahli chiqib yuribdi, yaqiniga yoʻlab boʻlmaydi. – Ha-a. Uning oldiga chopib borib kelay desam bosh qashishga ham qoʻl tegmaydi. Ishdan boʻshab birrov borib kelarman, sen-chi? – Men qanday bora olaman? Hisob olib borayotgan boʻlsam. – Bizga biron yordam keladimi? – Boʻladi. Choroni sogʻayib chiqibdi deyishyapti. Aravalarda pichan, poxol yuborgan emish. Otxonalardagi yem-xashakning hammasini olishibdi. Oʻlsa ham otlar oʻlsin degan emish. Ha, aravalarni qayerdadir tiqilib qolishgan deyishadi, yoʻllarning qanaqa ekanligini oʻzing koʻryapsan-ku. – Yoʻllar emish! Nega ilgariroq oʻylab koʻrishmadi? Bizda hamma vaqt shunaqa. Endi aravalarni yuborishdan na foyda. Hali men ularning adabini berib qoʻyaman! – doʻq urdi Tanaboy. – Soʻrab oʻtirmasdan oʻzing borib koʻrgin, hisoblab yozavergin. Endi menga baribir! – dedi va soʻzni kesib, qoʻyxonaga – sovliqlarni tugʻdirishga ketdi. Bugun yana oʻn beshta sovliq qoʻzilagan edi. Tanaboy borib qoʻzichoqlarni yigʻib oldi. Qarasa, hisobchi unga qogʻozni uzatyapti: – Oʻlgan qoʻylarga qoʻl qoʻying. Tanaboy qaramasdan qoʻl qoʻydi. U shunday zarb bilan imzo chekdiki, qalam sinib ketdi. – Xayr, Tanaka. Balki biron gapingiz bordir, ayting yetkazaman. – Aytadigan hech qanday gapim yoʻq, – dedi, keyin shunday boʻlsa-da, yigitchani toʻxtatib: – Bektoynikiga kirib oʻt. Aytginki, ertaga vaqt topib tushlikka yetib boraman. Tanaboy behuda tashvishlangan edi. Bektoyning oʻzi ilgariroq yetib keldi. Kelganda yana qanday yetib keldi deng... Oʻtgan kecha yana shamol esib, ertalabgacha pishak izi qor yogʻib chiqdi. Qoʻrada, tun boʻyi oyoqda turib chiqqan qoʻylar ustini oqartirib qoʻydi. Ular endi yotishmasdi. Gʻuj |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling