Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
97 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Qanday boy boʻlayin men? Oʻz mehnatim bilan topdim-ku buning hammasini. Hech 
narsani ayamayman, kerak boʻlsa olinglar hammasini. Faqat nega meni quloqqa 
chiqarasizlar? Xudodan qoʻrq, Tanaboy! 
 
– Baribir sen dushman sinfsan. Biz esa kolxoz qurishimiz uchun seni yoʻqotishimiz 
kerak. Sen bizning yoʻlimizda koʻndalang boʻlib turibsan, biz esa seni yoʻldan olib 
tashlashimiz kerak... 
 
Bu ularning soʻnggi soʻzlashishi edi. Mana, oradan yigirma yil oʻtdi-ki ular bir-biri bilan 
gaplashgani yoʻq. Quliboyni Sibirga surgun qilganlarida ovulda qancha gap-soʻz boʻldi. 
Tanaboyni ozchilik himoya qilardi. Koʻpchilik esa: «Bunaqa ukaning boʻlganidan 
boʻlmagani yaxshi. Sadqai nasab ketsin» deb qoralardi. Ayrim kishilar toʻgʻridan-toʻgʻri 
yuziga aytardi. Ochigʻini aytganda odamlar undan yuz oʻgirgan edilar. Oshkora suratda 
boʻlmasa ham, uning nomzodini koʻrsatganlarida ovoz berishdan bosh tortib, betaraf 
qoladigan boʻldilar. Shu tariqa u bora-bora aktivdan chetga chiqib qoldi. Baribir, u 
quloqlar kolxozlarga oʻt qoʻyib, kishilarni otganlaridan soʻng oʻzini oqlab oldi, eng 
muhimi, kolxoz jonlanib, yildan-yilga ishlar yurishib ketdi. Endi butunlay oʻzgacha hayot 
boshlangan edi. Yoʻq, oʻsha topda boʻlib oʻtgan ishlarning hammasi zoye ketmadi. 
 
Tanaboy oʻsha yillardagi boʻlib oʻtgan hamma narsalarni to ipidan ignasigacha xotiridan 
oʻtkazdi. Goʻyo uning butun hayoti kolxozlar kuchga kirgan oʻsha ajoyib damlarla oʻtib 
ketganday edi. U yana oʻsha kezlardagi «Qizil durrali zarbdor qiz» ashulasini esladi
kolxozga birinchi marta berilgan polutorka mashinasini, uning kabinasida qizil bayroq 
ushlab turganini esladi. 
 
Tanaboy tuni bilan qoʻyxona atrofida yurdi, oʻzining ogʻir vazifasini oʻtadi va alamli 
oʻylarni oʻyladi. Nega endi hammasi chok-chokidan ajralib ketyapti? Balki boshqa 
yoʻldan ketishgandir? Ehtimol yanglishishgandir. Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas! 
Tanlangan yoʻl – toʻgʻri yoʻl edi. Boʻlmasa nega unday boʻldi? Adashib qolishdimikin? 
Yoʻldan ozishdimikin? Qachon va qanday yuz berdi bu ahvol? Mana endi musobaqa 
degan gaplar ham chiqib qoldi – majburiyatga yozishyapti, bu yerda ahvoling nima 
kechdi, senga nima boʻldi, nima qoʻydi, bu bilan hech kimning ishi boʻlmaydi. Ilgari 
qizil, qora doskalar boʻlardi, har kuni qancha gap-soʻz, qancha bahslashuvlar boʻlardi: 
kimni qizil doskaga, kimni qora doskaga yozishdi, kishilar uchun bu muhim edi. Endi 
boʻlsa bularning hammasi eskirgan, vaqti oʻtib ketgan narsalar emish. Xoʻsh, ular nima 
bilan almashdi? Quruq gap, va’dabozlik. Amalda hech narsa yoʻq. Nega shunday? 
Bularning hammasiga kim aybdor? 
 
Bunday cheksiz oʻy-xayollardan Tanaboy toliqib ketdi. Kalavaning uchini topolmay 
gangib qoldi. Ishning koʻpligidan kalovlab qoldi. U yosh saqmonchi qizning devorga 
suyanib bosh qoʻyganini koʻrdi. Yalligʻlanib qizarib ketgan koʻzlarining yumilib, uyqu 
bilan olishayotganini va keyin sekin sirgʻalib yerga oʻtirib qolib boshini tizzasiga 
qoʻyganicha uxlab qolganini koʻrdi. Uni uyqudan uygʻotmadi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling