Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
99 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Shundan keyingina ayollar oʻzlariga kelib, bir-birlariga gal berishmasdan Jaydarga 
nasihat qilib, uni tinchlantira boshladilar. Jaydar ham yengil tortgandek, koʻz yoshi 
aralash kulimsiradi. 
 
– Mayli, bu voqea sodir boʻlganidan xafa boʻlmang, men uzoq yotmayman, bir-ikki 
kundan soʻng turib ketaman, ana koʻrasiz. 
 
Ayollar unga oʻrin solishga va gulxan qalashga hozirlik koʻrdilar, Tanaboy esa 
qoʻyxonaga qaytib ketdi. U baxtsizlik yonlab oʻtib ketganiga hamon ishonmasdi. 
 
Yangi yoqqan yumshoq qor uzra oppoq tong ota boshladi. Qoʻyxonada Tanaboy toʻsin 
ostida qolgan qoʻyni topib oldi. Boya ular buni koʻrishmagan ekan. Qoʻzichoq oʻlib 
yotgan sovliqning yelinini tumshuqchasi bilan turtkilab yotgan edi. Xotinining salomat 
qolganini eslab, bu hol Tanaboyga yanada qoʻrqinchli va yanada quvonchli tuyuldi. 
Tanaboy onasiz qolgan qoʻzichoqni olib unga boshqa sovliqni izlashga ketdi, soʻng toʻsin 
ostiga devorga suyab tirgovich qoʻydi, u yoqda xotinining holi nima kechganidan xabar 
olish uchum borish zarurligi haqida oʻylardi. 
 
Tashqariga chiqqanda yaqindagi qor ustida sekin tentib yurgan qoʻylar suruviga koʻzi 
tushdi. Begona bir choʻpon qoʻylarni u tomon haydab kelayotgan edi. Bu qanday otar 
boʻldi? Nega u qoʻylarni bu yoqqa haydab kelyapti? Ular aralashib ketadi-yu, qandogʻ 
boʻldi? Tanaboy bu ovsar choʻponning birovning yaylovida yurganini aytib 
ogohlantirmoqchi boʻldi. 
 
Tanaboy yaqinroq borib, otarni Bektoy quvib yurganini koʻrdi. 
 
– Ey, Bektoy, senmisan? 
 
U hech nima demadi. Indamasdan qoʻylarni u tomon haydab kelaverdi, tayoq bilan 
qoʻylarning orqasiga doʻpposlab urardi, «Iye, bu boʻgʻoz sovliqlarga nega muncha azob 
beryapti!» – Tanaboyning jahli chiqdi. 
 
– Qayoqdan kelyapsan? Qayoqqa? Assalom alaykum. 
 
– Bir joydan. – Qayoqqa borayotganimni esa, oʻzing koʻrib turibsan. – Bektoy unga 
yaqin keldi, belini chilvir bilan mahkam bogʻlab, qoʻlqopini qoʻyniga – plashining ostiga 
tiqib qoʻygan edi. 
 
Tayogʻini orqasida tutganicha bir necha qadam narida toʻxtadi, ammo salomlashmadi. 
Jahl bilan tupurdi-da, qor ustidagi tupugini oyogʻi bilan ishqaladi. Boshini birdan 
koʻtardi. Oʻsib ketgan qop-qora soqoli xuddi uning yosh va chiroyli yuziga yopishtirib 
qoʻyilganday edi. Javdirab turgan oʻtkir koʻzlari qovoq ostidan xoʻmrayib nafrat va 
adovat bilan qarardi. U yana tupurdi, titrab-qaqshab qoʻlida ushlab turgan tayogʻini 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling