Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 101 library.ziyonet.uz/ boʻldi! – dedi-yu, oppoq qor ustidan shunday shiddat bilan yurib ketdiki, uning izlari qorayib suvga toʻlib qoldi. – Bektoy, sen soʻzimga quloq sol! – unga yetib oldi Tanaboy. – Men senga hammasini tushuntiraman. – Boshqalarga tushuntir, soʻzingni tinglaydigan ahmoq yoʻq! – Toʻxta, Bektoy, gaplashib olaylik. Bektoy uning soʻzlarini eshitishni istamay joʻnab qoldi. – Sudga tushasan! – Shundan koʻra sudga tushgan ham ma’qul! – jahl bilan javob qaytardi Bektoy va boshqa oʻgirilib qaramadi. – Sen qochqinchisan! U ketaverdi. – Bunaqalarni frontda otib tashlashadi! U toʻxtamay ketaverdi. – Toʻxta, deyman! – Tanaboy uning yengidan ushlab oldi. U esa qoʻlini tortib olib yurishda davom etdi. – Bunga yoʻl qoʻymayman, ketishga haqqing yoʻq! – Tanaboy uning yelkasidan burib tortdi va nogoh koʻz oʻngi xiralashib atrofdagi oppoq tepalar gir aylanayotganday tuyuldi. Kutilmaganda jagʻiga kelib tushgan musht uni oyoqdan qulatgan edi. U gir aylangan boshini koʻtarganda Bektoy allaqachon tepalik ortida gʻoyib boʻlgan edi. Uning orqasidan zanjir halqalari singari yolgʻiz oyoq izlari qorayib qolgan edi. – Sob boʻldi bu yigit, ketdi, – deb ingrardi Tanaboy kaftlarini yerga tirab qaddini yerdan koʻtararkan. Oʻrnidan turdi. Qoʻllari qor aralash loyga botgan edi. Nafasini rostlab oldi. Bektoyning qoʻylarini toʻplab, boshini quyi solganicha, oʻz otari tomon haydab ketdi. XVII Ovuldan chiqqan ikki otliq togʻ tomon yoʻl olgan edi. Ularning biri saman otda, ikkinchisi toʻriq otda. Otlarning dumi qattiq tugib qoʻyilgan, aftidan, ular olisga ketishayotgan edi. Qor aralash loy parchalari tuyoq ostidan shaloplab otilib chiqib, sachrab ketardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling