Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
109 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
U oʻzi haqidagi masalaning hal qilinishida ikki yashirin raqib tomonning toʻqnashib 
qolganini va ularning har biri bu ayanchli hodisadan oʻzlaricha foydalanishga tayyor 
ekanliklarini bilmas edi. Birinchi tomon – Segizboyev va uning tarafdorlari, yangi 
sekretarning qarshiligini sinab koʻrish va agar iloji boʻlsa uni qoʻlga olishni oʻylardi. 
Boshqa, ikkinchi tomon, bu Qashqatoyev edi. Qashqatoyev oʻz oʻrniga Segizboyev koʻz 
tikayotganini bilar edi. Shuning uchun u oʻz obroʻsini yerga urmasligi va bu xavfli 
odamlar bilan boʻlgan munosabatini ham keskinlashtirmasligi kerak. 
 
Raykom sekretari Segizboyevning axborot xatini oʻqib berdi. Xatda «Oqtosh» 
kolxozining choʻponi Tanaboy Bakasovning haqorati va qilgan barcha jinoyati batafsil 
yozilgan edi. Axborotda Tanaboy rad qilishi mumkin boʻlgan biror ortiqcha narsa yoʻq, 
lekin xatning ohangi, unga qoʻyilayotgan ayblarning bayon etilish tarzi uning tarvuzini 
qoʻltigʻidan tushirib yubordi. U oʻzining mana shu dahshatli qogʻoz oldida mutlaqo ojiz 
ekanini tushunib yetgach, a’zoyi badanidan ter chiqib ketdi. Segizboyevning axboroti 
oʻzidan ham dahshatliroq boʻlib chiqdi. Bu qogʻozga panshaxa bilan ham tashlana 
olmaysan. Qarshilik koʻrsata olmaysan. Tanaboy oʻzini oqlash uchun nimalarni aytishni 
moʻljallagan boʻlsa hammasi bir zumda puchga chiqdi. Hammasi uning koʻz oldida oʻz 
ahamiyatini yoʻqotib, choʻponning oʻz ahvolidan nolib qilgan ayanchli arzdodiga aylanib 
qoldi. Ahmoq emasmi oʻzi? Bu dahshatli qogʻoz oldida u oʻzini oqlay olarmidi! U kim 
bilan olishmoqchi? 
 
– Oʻrtoq Bakasov, siz byuro a’zosi oʻrtoq Segizboyevning xatida keltirilgan faktlarning 
toʻgʻriligini tan olasizmi? – soʻradi Qashqatoyev axborotni oʻqib boʻlib. 
 
– Ha, – boʻgʻiq ovoz bilan javob berdi Tanaboy. Hamma jim oʻtirardi. Hamma bu 
qogʻozdan vahimaga tushib qolganday. Aldanov, koʻrdingizmi nimalar boʻlyapti, 
deganday stol atrofida oʻtirganlarga surbetlik bilan qarab chiqdi. 
 
– Oʻrtoq byuro a’zolari, agar ruxsat bersalaringiz, men bu ishning asl mohiyatiga aniqlik 
kiritsam, – dadil gapirdi Segizboyev. – Men kommunist Bakasovning bu ishini shunchaki 
bezorilik deb tushunmoqchi boʻlgan oʻrtoqlarni darhol ogohlantirib qoʻymoqchiman. 
Agar shunday boʻlganda edi, menga ishoning, bu masalani byuroga kiritmagan boʻlar 
edim. Bezorilar bilan kurashning bizda boshqa yoʻllari bor. Gap, albatta, mening 
shaxsiyatimning tahkirlanishida emas. Mening orqamda tuman partiya komitetining 
byurosi turibdi, agar bilishni xohlasangiz, butun partiya turibdi va men uning obroʻsiga 
putur yetkazishga, uni tahqirlashga yoʻl qoʻya olmayman. Yana ham muhimi – bu ish 
kommunistlar va partiyasizlar oʻrtasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni oʻz holiga tashlab 
qoʻyilganidan, raykomning ideologiya sohasida olib borayotgan ishidagi muhim 
kamchiliklardan darak beradi. Bizning hammamizga Bakasovga oʻxshash oddiy 
kommunistlarning mafkurasi uchun javob berishga toʻgʻri keladi. Yana bizga, uning oʻzi 
yolgʻizmi yoki hamfikrlari ham bormi, degan masalani aniqlashga toʻgʻri keladi. «Charm 
pal'toli yangi manap!» soʻzi bilan u nima demoqchi. Pal'toni bir chetga qoʻyib turaylik. 
Bakasovning fikricha, men – sovet kishisi, partiyaning vakili – yangi manap, 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling