Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 116 library.ziyonet.uz/ oʻxshamasdi. Mana bugun Qashqatoyev bir baqirib berishi bilan u xuddi intizomli oʻquvchidek itoatkorona oʻrniga oʻtirib qoldi. Keyin nima boʻladi? Odamlar unga ishonishadi, u boʻlsa toʻgʻri gapni aytishdan qoʻrqadi. Har gapida oʻzini ehtiyot qilib gapiradi. Buni unga kim oʻrgatdi? Mayli, Tanaboy qoloq odam, oddiy kolxozchi boʻlsin, ammo u savodli, hamma narsani biladi, butun umr rahbar boʻlib yuradi-ku. Bularning hammasi Segizboyevlar va Qashqatoyevlar aytganidek emas ekanligini nahotki Choro payqamasa! Ularning soʻzlari sirti yaltiroq, aslida esa yolgʻon va safsatadan iborat ekanligini nahotki bilmasa. U kimni aldayapti, nima maqsadda? Choro chopaverib qizib ketgan yoʻrgʻani jilovidan tortib yetib olganida, yonma-yon ketayotganlarida ham Tanaboy unga oʻgirilib qaramadi. – Men birga qaytamiz deb oʻylagan edim, Tanaboy – dedi u nafasini rostlab. – Qarasam, sen joʻnab qolibsan... – Senga nima? – dedi hamon unga qaramay Tanaboy. – Oʻz yoʻlingga ketaver. – Kel, gaplashib olaylik. Yuz oʻgirma, Tanaboy. Doʻstona, kommunistlarcha gapirishamiz, – gap boshladi Choro va gapi ogʻzida qoldi. – Men senga doʻst emasman, buning ustiga endi kommunist ham emasman. Ha, sen ham koʻpdan beri kommunist emassan. Tilyogʻlamalik qilyapsan. – Sen buni jiddiy gapiryapsanmi? – soʻradi Choro, past ovoz bilan. – Albatta, jiddiy. Soʻz tanlashni ham oʻrganganim yoʻq. Nimani, qayerda va qanday gapirishni ham bilmayman. Xayr boʻlmasa, sen toʻgʻriga ketasan, men esa bu yoqqa burilaman. – Tanaboy otni yoʻldan chetga burdi, qayrilmasdan va doʻstining yuziga biron marta ham qaramasdan otni toʻgʻri dala orqali toqqa haydab ketdi. U Choroning murdaga oʻxshab oqarib ketganini, qoʻlini choʻzib buni toʻxtatishni istaganini va keyin tomirlari tortishib, koʻkragini ushlagancha, yoʻrgʻaning yoliga yotib olganini, ogʻzini kappa-kappa ochib nafas olayotganini koʻrmadi. – Ahvolim chatoq, – pichirladi Choro, chidab boʻlmas ogʻriqdan gʻujanak boʻlib, – voy, ahvolim yomon! – xirillardi u koʻkarib, nafasi qisilib. – Tezroq, ovulga, Gulsari, tezroq, ovulga. Yoʻrgʻa qorongʻi, kimsasiz dashtda ovul sari uchib borardi, ustidagi odamning ovozi otni choʻchitardi, ovozida allaqanday qoʻrqinchli, vahimali narsa bor edi. Chopib borayotib Gulsari qoʻrquvdan pishqirar va quloqlarini chimirardi. Odam esa egar ustida azob chekar, gʻujanak boʻlib, titragan qoʻllari va tishlari bilan otning yoliga mahkam yopishib olgan edi. Tizgin chopib borayotgan Gulsarining boʻynida osilib borardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling