Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 118 library.ziyonet.uz/ «Faqat ulgursam boʻlgani, – qoʻrquv aralash oʻylardi Choro. – Hammasini aytishga ulgursam bas! – Bu umidsiz, unsiz nido bilan soʻnib tugallanayotgan hayotini saqlab turardi. Oʻzini dadil tutishga harakat qilib, soʻnggi jangga hozirlanardi. – Ishning qanday sodir boʻlganligini, byuroning qanday oʻtganligini, Tanaboyning partiyadan qanday chiqarganliklarini hammasini gapirib beraman. Bilib qoʻyishsin: men raykomning bu qaroriga qoʻshila olmayman. Bilib qoʻyishsin: men Tanaboyning partiyadan chiqarilishiga rozi emasman. Aldanov haqida qanday fikrda boʻlsam, barini aytib beraman. Mayli, mendan keyin uning ma’ruzasini eshitishsin. Mayli, kommunistlar hal qilishsin. Men kim ekanligimni batafsil soʻzlab beraman. Kolxozimiz haqida, kishilar haqida gapiraman... Faqat ulgurish kerak, tezroq kelishsa edi, tezroq...» Birinchi boʻlib xotini dori bilan yetib keldi. U juda qoʻrqib ketgan edi, bir narsalar deb yigʻlardi. – Aqling joyidami oʻzi? Nahotki shu majlislardan toʻymagan boʻlsang. Yur uyga. Rang- roʻyingga qara, hech boʻlmasa oʻzing toʻgʻringda oʻylab koʻrsang-chi. Choro eshitishni istamasdi. Dorini ichaturib qoʻl siltadi. Tishlari stakanga urilib, koʻkragiga oqib tushdi. – Hechqisi yoʻq, endi oʻzimni yaxshi sezyapman, – derdi u bir maromda nafas olishga harakat qilib. – Sen meni u yerda kutib tur, keyin boshlab olib ketasan. Qoʻrqma, boraver. Koʻchada kishilarning oyoq tovushi eshitilishi bilan Choro stol yonida qaddini rostladi, oʻzining soʻnggi burchi deb hisoblagan narsalarni ado etish uchun ogʻriqqa bardosh berib, bor kuchini toʻpladi: – Nima hodisa yuz berdi? Senga nima boʻldi, Choro? – soʻrashardi undan. – Hech nima. Hozir aytaman, hammasi kelishsin, – javob berdi u. Umr achchiq va alamli tomchilar singari tomib, tugab borayotgandi. Kommunistlar toʻplanishganda partorg Choro Sayoqov stoldan turib, boshidan telpagini oldi va partiya majlisini ochiq deb e’lon qildi... XXI Tanaboy uyiga tunda yetib keldi. Jaydar hovliga fonar' koʻtarib chiqdi. Kutaverib koʻzlari toʻrt boʻlgandi. U eriga koʻzi tushishi bilanoq allaqanday musibat yuz berganini angladi. Tanaboy jimgina otining suvligʻini chiqardi, egarini olib qoʻydi. Jaydar esa chiroqni tutib turardi. Tanaboy lom-mim demasdi. Uning bu sukuti tobora dahshatliroq boʻlib tuyulardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling