Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
121 
library.ziyonet.uz/ 
 
aytdim. Xayr, vaqtim ziq, kech tushib qoldi. 
 
Aytboy otini yoʻlga burdi-yu, lekin yana jilovini tortib dedi: 
 
– Tanaka, yana bir oʻylab koʻr. Ahvoli yomon. Oʻgʻlini oʻqishdan chaqirtiribdilar. 
Vokzalga kutib olgani ketishibdi. 
 
– Xabar keltirganing uchun rahmat. Ammo men bormayman. 
 
– Boradi, – uyalib-qizarib gapga aralashdi Jaydar, – tashvish tortmang, boradi u. 
 
Tanaboy indamadi. Ammo Aytboy bir oz uzoqlashgach, xotiniga oʻshqirdi: 
 
– Sen bu odatingni tashla. Nega mening nomimdan sen javob berasan? Nima qilishimni 
oʻzim bilaman. Bormayman dedimmi, bormayman! 
 
– Nima deyayotganingni bilyapsanmi, Tanaboy? 
 
– Oʻylab oʻtirishimning hojati yoʻq. Yetar endi. Andisha qila-qila partiyadan ham chiqib 
qoldim. Mening endi hech kimim yoʻq. Men kasal boʻlsam, biron kimsa koʻrgani 
kelmasin. Bir oʻzim peshonamdagini koʻrarman! –dedi gʻazab bilan qoʻl siltab va 
qoʻyxona tomon odimlab ketdi. 
 
Lekin koʻngli hamon joyiga tushmasdi. Ona qoʻylar oldidan yangi tugʻilgan 
qoʻzichoqlarni koʻtarib, ularni bir burchakka eltib qoʻyar, qoʻylar orasida yurib borayotib, 
ma’rayotgan qoʻylarga «chu» deb, oʻz-oʻzicha doʻngʻillab qoʻyardi: 
 
– Allaqachonlar ketganida bunchalik azob tortmasdi. Qachon qarasang yuragini 
changallab yuradi-yu, lekin egardan tushmaydi. Boshliq emish! Yelkamning chuquri 
koʻrsin seni. Xafa boʻlsang boʻlaver, men ham sendan xafaman. Hech kim bilan ishim 
yoʻq... 
 
Hovli qorongʻi. Qor asta-sekin yogʻa boshladi. Koinot shu darajada xomush va sokin 
ediki, hatto qor zarrachalarining yerga tushayotgani ham eshitilardi. 
 
Tanaboy oʻtovga kirmadi, xotini bilan gaplashishdan oʻzini olib qochib yurdi. Jaydar ham 
uning oldiga kelmasdi. «Oʻsha yerda oʻtirsang oʻtiraver, – deb oʻyladi Tanaboy. – Lekin 
meni borishga majbur etolmaysan. Endi men uchun bularning hammasi ahamiyatsiz. Men 
bilan Choro mutlaqo begona kishilarmiz. Uning yoʻli boshqa, mening yoʻlim boshqa. 
Oldin doʻst boʻlsak endi begonamiz. Agar men uning doʻsti boʻlsam shu mahalgacha u 
qayerda edi? Yoʻq, men uchun endi bu ahamiyatsiz...» 
 
Oxiri Jaydar uning oldiga keldi. U erining kishilik chakmoni, yangi etik, belbogʻ, qoʻlqop 
va telpagini keltirgandi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling