Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 123 library.ziyonet.uz/ ekan, dilidan oʻtkazdi u, – koshki gapga kirsa. Aytganini qilmasdan qoʻymaydi. Oʻldirsang ham qaytmaydi. Yoʻlda biron hodisa yuz bersa nima boʻladi? He, oʻzidan koʻrsin...» Tanaboy otni egarladi-yu, oʻz-oʻzidan uyalib ketdi. «Rostdan ham odam emasman. Meni xafa qilishdi deb aqlimni yeb qoʻyibman. Ranjiganimni hammaga namoyish etib yuribman: mana koʻring, men qanday gʻamgin, ahvolim naqadar ogʻir deb jar solmoqdaman. Bechora xotinimni ham qiynab yubordim. Unda nima gunoh? Nega uni bunchalik qiynayman? Bu ishim yaxshilikka olib bormaydi. Men yaramas odamman. Hayvonman, ha hayvon!» Tanaboy ikkilanib qoldi. Lekin oʻz gapidan qaytish ham oson emas edi. U boshini quyi solganicha uyga qaytib keldi. – Egarladingmi? – Ha! – Boʻlmasam min, – dedi-da, Jaydar plashni uzatdi. Tanaboy indamay kiyina boshladi. U xotinining birinchi boʻlib murosaga kelganidan xursand edi. Ayni vaqtda u xoʻjakoʻrsinga sarkashlik qilib: – Ertaga borsam-chi? – dedi. – Yoʻq, hozir yoʻlga tush. Keyin kech boʻladi. Togʻlarni sekin-asta tun zulmati qoplab olayotgan edi. Laylak qor sekin-asta, bir maromda uchib tushayotgandi. Tanaboy qop-qorongʻi yonbagʻirlar boʻylab bir vaqtlari tark etgan doʻsti tomon tanho yelib borardi. Boshiga, yelkalariga, soqoli va qoʻllariga qor uchqunlari yopishib qolardi. Tanaboy egarda qimirlamay oʻtirar, ustidagi qorlarni ham qoqmasdi. Shu zaylda xayol surish qulay edi. U Choro haqida, ularni bir-biriga uzoq yillar doʻst qilib qoʻygan narsalar haqida oʻylardi. Choro unga savod oʻrgatgan paytlarini, keyin esa birgalikda komsomolga va soʻngra partiyaga kirgan kezlarini oʻylardi. Bir vaqtlari Choro bilan kanal qurilishida birga ishlaganlarini, kunlardan birida Choro Tanaboyning surati bilan u haqda kichik maqola bosilgan gazetani hammadan oldin olib kelib, hammadan oldin Tanaboyning qoʻlini siqib tabriklaganini esladi. Tanaboyning koʻngli borgan sari yumshar va qalbini allaqanday nogahoniy tashvishli his qamrab olar edi: «Hozir ahvoli qanday ekan-a? Bordi-yu, haqiqatda ham ahvoli ogʻir boʻlsa-chi? Nega oʻgʻlini chaqirtirdi ekan? Yoki unga biron narsa demoqchimikan? Vasiyat qilib, vidolashmoqchimikan?..» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling