Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
124 
library.ziyonet.uz/ 
 
Tong yorishib kelmoqda. Hamon charx urib qor yogʻardi. 
 
Tanaboy otini haydab yeldirib ketdi. Hademay anavi tepaliklar etagidagi pastqamlikda 
ovul koʻrinadi. Choroning holi nima kechdi ekan? Tezroq yetib borish kerak. 
 
Nogoh ovul tomondan tong sukunati ichida allanechuk mungli nola qulogʻiga chalindi. 
Goʻyo kimningdir faryodi eshitilib yana jimib qoldi. Tanaboy otning jilovini tortib, 
shamol kelayotgan oʻsha tomon quloq solib turdi. Hech narsa eshitilmasdi. Ehtimol, 
uning qulogʻiga shunday eshitilgandir. 
 
Ot Tanaboyni tepalikka olib chiqdi. Pastlikda, qor ostida qolgan polizlar va yalangʻoch 
daraxtlar orasida kimsasiz ovul koʻchalari choʻzilib yotardi. Hali erta boʻlgani uchun 
koʻchalarda hech kim koʻrinmasdi. Faqat bir hovli oldida odamlar toʻdasi qorayib 
koʻrinar, otlar daraxtlarga qantarib qoʻyilgan edi. Bu Choroning hovlisi edi. Nega u yerda 
odamlar bunchalik koʻp. Nima boʻldi ekan? Nahotki... 
 
Tanaboy uzangida qomatini rostlab, entika-entika muzdek havodan chuqur bir nafas oldi-
da, jimib qoldi. Va shu zahotiyoq otini pastlikka qarab soldi. Yoʻgʻ-e. Bunday boʻlishi 
mumkin emas. Koʻngli behuzur boʻla boshladi, goʻyo u yerda sodir bulgan biron voqea 
uchun oʻzini gunohkor deb his etar edi. Yagona doʻsti abadiy koʻz yumish oldida 
vidolashmoq uchun chaqirsa-yu, u qaysarlik qilib, oʻjarlik qilib, arazlab yursa. Endi u 
nima degan odam boʻldi. Nega xotini uning yuziga «tuf» demadi? Jon talvasasida yotgan 
kishining oxirgi iltimosiga quloq solishdan ham sharafliroq narsa bormi bu dunyoda? 
 
Tanaboyning koʻz oʻngida yana oʻsha Choro yoʻrgʻa samanda orqasidan yetib kelgan 
dasht yoʻli namoyon boʻldi. Oʻshanda u Choroga nimalar demagandi? Uning bu 
gunohlarini kechirib boʻladimi endi? 
 
Tanaboy ot ustida oʻz aybi va or-nomus yuki ostida egilganicha qorli koʻchadan es-
hushidan ayrilib borardi. 
 
U birdan Choro hovlisi roʻparasida bir guruh otliqlarni koʻrdi. Ular ovoz chiqarmasdan 
toʻplanishib kelishardi. Kutilmaganda ular egarda toʻlgʻanishib baravariga dod-faryod 
cheka boshladilar. 
 
– Oʻy-bay, bovurim-oy! Oʻy-bay, bovurim! 
 
«Qozoqlar kelishibdi», – dedi Tanaboy va doʻstidan judo boʻlganini endi bildi. 
Daryoning naryogʻidan kelgan qoʻshni qozoqlar Choro uchun eng yaqin birodarlari va 
qoʻshnilari uchun butun okrugda moʻ’tabar boʻlgan, oʻzlarining yaqin doʻstlari uchun 
koʻz yoshi toʻkar edilar. «Rahmat sizlarga, doʻstlar, – koʻnglidan oʻtkazdi Tanaboy. – 
Ota-bobolarimiz davridan beri sizlar shodligimizga ham, gʻam-anduhimizga ham sherik 
edingiz, toʻy-u uloqlarni birga oʻtkazar edik. Ha, doʻstlar yigʻlang, biz bilan yigʻlang!» 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling