Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
127 
library.ziyonet.uz/ 
 
hayoti shu ekan-da, – oʻylardi Tanaboy. – Kechagina bola boʻlgan Shomansur bugun 
ajabtovur yigit boʻlib qopti. Gʻam-gʻussa uni yana ulgʻaytirib qoʻyibdi. Endi u Choroning 
oʻrniga oʻrinbosar boʻlib qoldi. Endi bir-birimiz bilan teng odamlardek gaplashamiz. 
Shunday ham boʻlishi kerak. Oʻgʻillar otalarining oʻrnini egallaydi. Oʻgʻillar otaning 
ishini davom ettirishadi. Ilohim, otasidek boʻlsin. Lekin bizlardan ilgarilab ketishsin, aql-
farosatda, ishbilarmanlikda bizdan yuksak koʻtarilishsin, xalqqa xizmat qilib oʻzlari ham 
baxtli boʻlishsin. Biz – otalar: bizdan oʻzib ketsinlar, bizdan koʻra yaxshiroq ishlab, 
yaxshiroq yashasinlar degan umidda farzand oʻstiramiz... Ha, bizning umidimiz shu». 
 
– Shomansur, sen endi oila boshligʻisan, – keksalardek soqolini silab dedi Tanaboy. – 
Endi sen Choroning oʻrnini bosasan. Men esa sening gaplaringga quloq solaman. 
 
– Tanaka, men otamning vasiyatini sizga aytishim kerak, – dedi Shomansur. 
 
Tanaboy bir seskanib tushdi, oʻgʻlining gapirishi va ovozidan otasining soʻz ohangi 
eshitildi, oʻsha yigit Choroning ruhiyatini his etdi. Choroning yoshlik yillarini Shomansur 
bilmasdi, Tanaboy esa uni bilardi va esda yaxshi saqlab qolgan edi. Tanishlari tirik ekan
inson oʻlmaydi, deb bekorga aytishmagan ekan. 
 
– Qulogʻim senda, oʻgʻlim. 
 
– Men otamni koʻz yummasdan oldin koʻrishga muyassar boʻldim, Tanaka. Kecha tunda 
oʻlimidan bir soat ilgari yetib kelishga ulgurdim. Oxirgi nafasga qadar es-hushi oʻzida 
edi. Koʻzlari, Tanaka, sizga intizor edi. «Tanaboy qani? Kelmadimi?» deb hadeb soʻrardi. 
Biz esa sizni yoʻlda, hozir yetib keladi, deb tasalli berardik. Aftidan sizga nimadir 
aytmoqchi edi, lekin muyassar boʻla olmadi. 
 
– Ha, Shomansur. Bizning bir-birimiz bilan koʻrishishimiz juda zarur edi. Bir umrga 
dilimda armon boʻlib qoldi. Bunga men aybdorman. Ertaroq yetib kelolmadim. 
 
– Otam menga bir narsani tayinladi. Oʻgʻlim, Tanakangga aytgin, kechirim soʻrayman, 
gina-kudurat saqlab yurmasin, mening partiya biletimni uning oʻzi tuman partiya 
komitetiga olib borib topshirsin. Mening biletimni Tanaboyning oʻzi, oʻz qoʻli bilan eltib 
topshirsin, yana unutmagin, albatta unga yetkazgin. Shundan soʻng hushidan ketdi. 
Qiynaldi. Jon berayotganda ham kimnidir kutayotganday qaradi. Yigʻi aralash 
allanimalarni uqtirdi, ammo biz anglay olmadik. 
 
Tanaboy indamay oʻtirar, hiq-hiq yigʻlab, soqolini silardi. Choro ketdi. Ha, Tanaboyning 
dilini yarimta qilib, hayotining bir qismini olib ketdi. 
 
– Soʻzlaring uchun rahmat, Shomansur, baraka top. Otangga ham rahmat, – dedi nihoyat 
Tanaboy oʻzini qoʻlga olib. – Lakin mening koʻnglimni bir narsa gʻash qilmoqda. Sen 
meni partiyadan chiqarganlarini bilasanmi? 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling