Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
130 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Juda yaxshi. Bir zum kutib turing. 
 
Sekretar' qiz Qashqatoyev kabinetida uzoq turib qolmagan boʻlsa-da, Tanaboyning toqati 
toq boʻldi, oʻzini qoʻyarga joy topolmadi. 
 
– Oʻrtoq Qashqatoyev band ekanlar, – dedi sekretar' qiz kabinetdan chiqib eshikni jipslab 
yopar ekan. – U kishi Sayoqovning partbiletini hisobga olish sektoriga topshirishingizni 
aytdilar. Huv ana, koridor bilan borsangiz oʻng qoʻlda. 
 
«Hisobga olish sektori... Koridor bilan borsangiz oʻng qoʻlda». Bu nima degan gap? – 
Tanaboy hech narsaga tushuna olmasdi. Shu payt voqeani darhol tushundi-yu, ruhi birdan 
tushib ketdi. Nahotki shunday boʻlsa? Nahotki bu shunday osongina ish boʻlsa. U 
oʻylagandiki... 
 
– Mening unga gapim bor. Iltimos, kirib aytsangiz, juda zarur gapim bor. 
 
Sekretar' qiz istar-istamas kabinetga kirdi va qaytib chiqib, yana dedi: 
 
– U kishi juda ham band. – Keyin xayrixohlik bilan qoʻshib qoʻydi: – Axir sizning 
masalangiz hal etilgan edi-ku?! U sizni qabul qilmaydi, yaxshisi qayta qoling, – yana 
ilova qildi past ovoz bilan sekretar' qiz. 
 
Tanaboy koridordan yurib, oʻngga burildi: «Hisobga olish sektori» degan yozuv. Eshikda 
darcha. Tiqillatdi. Darcha ochildi. 
 
– Sizga nima kerak? 
 
– Sizga biletni topshirgani keldim. Partorgimiz Choro Sayoqov vafot etdi. «Oqtosh» 
kolxozidan. – Tanaboy to kamzuli ostidagi tasmali charm xaltachani olguncha hisobot 
sektorining mudiri sabr bilan kutib turdi. Tanaboy unda yaqin kunlarga qadar oʻzining 
partiya biletini olib yurgan edi, bu safar esa unda Choroning partiya biletini olib keldi. 
Biletni darchadan uzatarkan: «Alvido, Choro!» – dedi. U vedomostga Choroning partiya 
bileti nomerini, familiyasini, ismini, otasining otini, partiya safiga kirgan yilini qanday 
yozayotganligiga qarab turdi. Bular u haqdagi oxirgi xotira edi. Keyin vedomostni qoʻl 
qoʻyishga uzatdi. 
 
– Boʻldimi? – soʻradi Tanaboy. 
 
– Boʻldi. 
 
– Xayr. 
 
– Xayr. – Darcha qattiq yopildi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling