Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
138 
library.ziyonet.uz/ 
 
Gulsari yoʻl boʻylab sekin yurib ketdi. 
 
Shundan soʻng oxirgi marta yoʻrgʻa yana Tanaboyning qoʻliga tushdi. U otni parvarish 
qilib oyoqqa turgʻizgach, oxirgi marta Aleksandrovkaga olib borgandi. Ot yoʻlda oʻldi. 
 
Tanaboy oʻgʻli va kelini ikkinchi bola koʻrishlari munosabati bilan bordi. Ularga sovgʻa 
qilib bir nimta qoʻy, bir xalta kartoshka va xotini yopgan non hamda boshqa har xil 
yemishlarni olib kelgan edi. U Jaydarning kasalman degan bahona bilan 
kelmaganligining sababini keyinchalik tushundi. U hech kimga aytmagan boʻlsa-da, 
kelinini yoqtirmas edi. Oʻgʻli esa irodasiz, boʻshang yigit. Unga shafqatsiz, oʻktam xotin 
tushgan edi. Uyida oʻtiradigan bu ayol erini «gah» desa, qoʻliga qoʻnadigan qilib olgandi. 
Arzimagan narsa uchun kishini xafa qiladigan, haqorat qiladigan, faqat oʻzini yuqori 
tutib, soʻzini oʻtkazadigan odamlar boʻladi-ku, kelini ham xuddi shunday edi. Uning 
oʻgʻlini ishi boʻyicha yuqori lavozimga koʻtarishlari kerak ekan, ammo keyin negadir 
boshqasini koʻtarib, uni esa chetda qoldiribdilar. Kelini hech bir gunohsiz boʻlgan cholga 
tashlandi: 
 
– Butun umring choʻponlikda, yilqichilikda oʻtar ekanu partiyaga kirishning nima hojati 
bor edi. Baribir oxirida haydadilar, shu vajdan oʻgʻlingga ham yoʻl yoʻq. U endi yuz yil 
bir lavozimda qoladi. Sizlar u yoqda togʻda oʻz uyingizdasiz, siz keksalarga bundan ortiq 
nima kerak! Biz boʻlsak, bu yerda sizlarning kasofatingizga qolyapmiz. 
 
Qolgan gaplari ham shu mazmunda edi. Tanaboy kelganiga pushaymon boʻldi. Kelinini 
tinchlantirish maqsadida ishonchsizlik bilan dedi: 
 
– Agar ish shunday boʻladigan boʻlsa, ehtimol men yana partiyaga kirishni soʻrarman. 
 
– Sen partiyaga juda keraksan, ularning senga juda koʻzi uchib turibdi. Sandaqa qari-
qartanglarsiz ish bitmas emish! – piqirlab kulib yubordi kelini unga javoban. 
 
Agar u kelini boʻlmay, kimdir boshqa odam boʻlganda Tanaboy shunaqa gaplarga chidab 
oʻtirarmidi. Ammo yaxshimi, yomonmi, ular oʻzingniki boʻlgandan soʻng nima ham qila 
olarding. Keksa chol jimgina oʻtirardi, eringning yuqori lavozimga koʻtarmaganlariga 
sabab otasining aybdor boʻlganligi emas, balki uning oʻzi hech narsaning uddasidan 
chiqa olmaganligi va shunaqa xotinga duch kelganligidir, oʻz qadrini bilgan kishi boshini 
olib qochib qutulishi mumkin edi, gap qaytarib oʻtirmadi. Xalq: «Erni er qiladigan ham, 
qaro yer qiladigan ham xotin» deb bekorga aytmagan. Biroq chol oʻgʻlini yana xotini 
oldida beobroʻ qilishni istamadi. Mayli, ular chol aybdor deb oʻylab yuraverishsin. 
 
Shuning uchun ham Tanaboy tezroq turib joʻnadi. Ularnikida qolishni istamadi. 
 
«Ahmoqsan, ahmoq! – soʻkardi u endi kelinini gulxan oldida oʻtirib. – Ajabo, qayoqdan 
ham bu yorugʻ dunyoga kelarkin shunaqa betamizlar? Na or-nomus, na izzat-hurmat, na 
boshqalarga yaxshilik qilishni bilasizlar? Faqat oʻzlaringni oʻylaysizlar! Hammani ham 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling