Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
137 
library.ziyonet.uz/ 
 
uzoqligidan uning qichqirgan ovozini eshitmasa ham, Tanaboy: «Toʻxta, otni qattiq 
haydama!» deb qichqirdi va oʻz otini choptirgancha uning yoʻlini kesib chiqmoqchi 
boʻldi. 
 
Biroq yetolmasdan, tezda toʻxtadi. Agar chavandoz uni tushungan boʻlsa-ku yaxshi-ya, 
bordi-yu tushunmagan boʻlsa-chi? «Sening ishing nima? Sendaqa buyruq beradigandan 
oʻrgildim. Qanday istasam, shunday ketaman. Yoʻqol bu yerdan, qari tentak!» deb javob 
qaytarsa-chi. 
 
Yoʻrgʻa esa bu orada goh chang-toʻzon orasida koʻrinmay qolar, goh undan otilib chiqib, 
uzoqlashib borardi. Tanaboy uning orqasidan uzoq qarab turdi. Keyin otini burib orqaga 
qaytib ketdi. «Biz endi qaridik, yoshimizni yashadik, Gulsari. Endi biz kimga kerak 
boʻlamiz? Endi mening ham oldingidek kuch-quvvatim yoʻq. Oxirgi kunlarimizni 
kechirish qoldi, Gulsari», – derdi u... 
Tanaboy bir yildan keyin yoʻrgʻani aravaga qoʻshilgan holda koʻrdi. Tanaboyning koʻngli 
yana buzildi. Safdan chiqib qolgan va boʻyniga kuya tushgan boʻyincha urilgan, eski 
aravani tortayotgan uchqur yoʻrgʻaga qarab achinar edi. Tanaboy qarashni ham istamay 
orqasiga oʻgirildi. 
 
Tanaboy yoʻrgʻani yana uchratdi. Uning ustida yirtiq mayka kiyib olgan yetti yoshlardagi 
bola koʻcha boʻylab borardi. U yalangʻoch oyoqlari bilan otni niqtab, uni oʻzi 
boshqarayotganidan quvonib magʻrurlanardi. Aftidan, bolaning otga birinchi marta 
minishi edi, shuning uchun ham uni juda yuvosh va itoatkor boʻlib qolgan eski yoʻrgʻa 
Gulsariga mingizib qoʻyishgan edi. 
 
– Bobo, menga qarang! – keksa Tanaboyga maqtanardi bola. – Men Chapayevman! Men 
hozir soydan oʻtaman. 
 
– Qani-qani, oʻt-chi, men koʻrayin! – dadillantirdi uni Tanaboy. 
 
Bola ot jilovini dadil ushlab soydan kecha boshladi. Ammo ot narigi qirgʻoqqa 
chiqayotganida bola oʻzini tutolmay suvga shaloplab yiqilib tushdi. 
 
– O-yi! – deb qichqirdi u qoʻrqqanidan. 
 
Tanaboy uni suvdan tortib oldi va otning yoniga keltirdi. 
 
Gulsari soʻqmoq yoʻlda ogʻirligini navbat bilan dam u oyogʻiga, dam bu oyogʻiga tashlab 
turardi. «Otning oyogʻi ogʻriyapti, demak, ahvol chatoq» oʻyladi Tanaboy. U bolani qari 
yoʻrgʻaga mingizdi. 
 
– Haydayver, endi yiqilma. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling