Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
135 
library.ziyonet.uz/ 
 
– Tanimayapsizmi, ota? – xushmuomalalik bilan soʻradi Ibrohim bilan birga kelgan 
oʻrtoq, uning qoʻlini baquvvat panjasidan qoʻyib yubormay. 
 
Tanaboy javob berishga shoshilmasdi. «Qayerda koʻrgan ekanman uni?» deb oʻziga savol 
berardi. Uning oldida qandaydir juda tanish, shu bilan birga, nazarida juda oʻzgarib 
ketgan odam turardi. Yosh, sogʻlom, baquvvat, oftobda qoraygan, ochiq yuzli, qarashlari 
dadil, kulrang movutdan kostyum, poxol shlyapa kiygan yigit. «Shaharlik, kimdir birov», 
– oʻyladi Tanaboy. 
 
– Axir bu oʻrtoq... – yordam bermoqchi boʻldi Ibrohim. 
 
– Toʻxta, toʻxta, oʻzim aytaman, – toʻxtatdi uni Tanaboy va oʻzicha kulib dedi: – 
Tanidim, oʻgʻlim. Tanimay ham boʻladimi? Yana bir marta koʻrishib qoʻyaylik. Seni 
koʻrganimdan xursandman. 
 
Bu Karimbekov edi. Tanaboyni partiyadan oʻchirayotganlarida raykomda uni dadil 
himoya qilgan komsomol sekretari edi. 
 
– Agar tanigan boʻlsangiz, keling, bir gaplashib olaylik, Tanaka. Yuring, qirgʻoq yoqalab 
bir aylanib kelaylik. Siz esa chalgʻini olib, oʻrib tura turing, – taklif qildi Karimbekov 
Ibrohimga. 
 
Ibrohim ustidan kamzulini yechib, bu ishni bajarishga bajonidil roziday tipirchilab qoldi: 
 
– Albatta, jonim bilan, oʻrtoq Karimbekov. 
 
Tanaboy va Karimbekov pichanzor boʻylab yurib ketishdi. Daryo yoqasidagi tosh ustiga 
oʻtirishdi. 
 
– Ehtimol, men sizning oldingizga qanday ish bilan kelganligimni sezayotgandirsiz
Tanaka, – soʻz boshladi Karimbekov. – Koʻrib turibman, siz hamon ilgarigiday tetiksiz, 
pichan oʻryapsiz, demak, sogʻligingiz joyida. Shunga xursandman. 
 
– Qulogʻim senda, oʻgʻlim, men ham sendan xursandman. 
 
– Gap shunday, sizga ochiq-ravshan boʻlsin uchun shuni aytayki, Tanaka, hozir, oʻzingiz 
bilasiz, koʻp narsa oʻzgarib ketgan. Koʻp narsalar oʻnglanib ketdi. Buni mendan kam 
bilmaysiz. 
 
– Bilaman. Haq gap haq-da. Kolxozimiz ishlaridan ham bilsa boʻladi. Ishlar yaxshiroq 
yurishib ketganday. Hatto ishonging ham kelmaydi. Yaqinda men Beshtol vodiysida 
boʻldim, huv oʻsha yili men naq shu joyda choʻponlik azobini tortgandim. Havasim kelib 
ketdi. Yangi qoʻyxona qurishibdi. Besh yuz bosh qoʻy sigʻadigan shifer tomli yaxshi 
qoʻyxona. Xoʻ-oʻsh, choʻponlarga uy qurishibdi. Yonida esa saroy, otxona. Avvalgisiga 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling