Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
131 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Tanaboy koʻchaga chiqdi. Yoʻrgʻaning tizginini yecha boshladi. 
 
– Tamom, Gulsari, – dedi u otga, – vassalom. Tolmas yoʻrgʻa uni orqaga – ovulga uchirib 
olib ketdi. 
 
Keng bahor dashti ot tuyogʻining dupur-dupuri ostida shamol bilan birga uni qarshilar 
edi. Faqat otning chopishigina Tanaboyni tinchlantirib, uning dardiga malham boʻldi. 
 
Shu kuni kechqurunoq Tanaboy oʻz joyiga, toqqa qaytib keldi. 
 
Xotini uni jimgina kutib oldi. Otning jilovidan tutib, erining qoʻltigʻidan ushlab egardan 
tushishga yordamlashdi. Tanaboy oʻgirilib xotinining kiftiga oʻzini tashlab quchoqladi. 
Xotini ham uni quchoqlab yigʻlardi. 
 
– Choroni dafn etdik! U yoʻq oramizda, Jaydar. Yoʻq mening doʻstim! –deyardi Tanaboy 
yana koʻz yoshlariga erk berib. 
 
Keyin u oʻtov oldidagi xarsang toshga jimgina oʻtirdi. Oʻzi xoli boʻlishini istardi. Oppoq 
qorli togʻning qirrali choʻqqilaridan sekin koʻtarilib kelayotgan oyning chiqishini 
koʻrishni istardi. Xotini oʻtovda bolalarini yotqizayotgan edi. Oʻchoqda olovning 
charsillab yonayotganligi eshitilardi. Keyin temir qoʻbizning yurakni ezuvchi ohangi 
yangradi. Goʻyo shamol alam bilan ingrayotganday, goʻyo bir odam dalada yigʻi aralash 
ashula aytib yugurayotganday, atrofdagi hamma narsalar esa nafasni ichiga yutib, sukut 
saqlab turganday va faqat insoniy qaygʻu-hasrat nola chekayotganday edi. Goʻyo u 
yugurar va oʻzining qaygʻu-alami bilan qayerga bosh urishni bilmas, bu sokin va 
kimsasiz yerda alamlarini aytib, koʻnglini qanday boʻshatishni bilmas, unga hech kim 
javob qilmasdi. U oʻzi yigʻlar, oʻzini oʻzi tinglardi. Tanaboy xotinining «Keksa 
ovchining qoʻshigʻi»ni aytayotganini angladi... 
Men seni oʻldirdim, oʻgʻlim Qoragul, 
Holimga yigʻlar kim, oʻgʻlim Qoragul. 
Taqdir jazoladi, oʻgʻlim Qoragul, 
Qismat oʻch oladi, oʻgʻlim Qoragul. 
Ovchilik kasbiga, oʻgʻlim Qoragul, 
Oʻrgatdim, oh, nega, oʻgʻlim Qoragul. 
Qush-hayvon qiyratding, oʻgʻlim Qoragul, 
Jonivorni otding, oʻgʻlim Qoragul? 
Har tirik mavjudot, oʻgʻlim Qoragul, 
Dastingdan oʻlsa nahot, oʻgʻlim Qoragul. 
Yolgʻiz koldim olamda, oʻgʻlim Qoragul, 
Hech bir inson shu damda, oʻgʻlim Qoragul. 
Yigʻimga solmas quloq, oʻgʻlim Qoragul, 
Men seni oʻldirdim, oʻgʻlim Qoragul, 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling