Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
133 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kuzovda turgan sherigiga bochkani gʻildiratib chiqarib berayotgan pastdagi ishchi 
yonidan oʻtib borayotgan Tanaboyga tasodifan koʻzi tushib qoldi-yu, aft-basharasi 
oʻzgarib ketdi. Bu – Bektoy edi. U mashina kuzoviga qiya qilib tirab qoʻyilgan taxta 
ustida bochkani ushlab turib Tanaboyga qisiq koʻzlarini adovat bilan tikkanicha, uning 
nima deyishini kutib turardi. 
 
– Hey, nima boʻldi senga, uxlab qoldingmi, nima balo? – deb soʻz otdi Bektoyga, 
mashina ustida turgan sherigi gʻijinib. 
 
Bochka pastga dumalab tushib borar, Bektoy esa uni ushlab, bochkaning ogʻirligidan 
bukchayib, Tanaboydan koʻzini uzmay qarab turardi. Lekin Tanaboy u bilan 
salomlashmadi. «E-e, shu yerdamiding. Shu yerda ekansan-da. Tuzuk, ishingni topibsan. 
Pivo korxonasiga oʻrnashibsan-da, – oʻyladi Tanaboy va toʻxtamay oʻtib ketdi. – Yigit bu 
yerda nobud boʻladi-yu! – oʻyladi u keyinchalik qadamini sekinlatib. – Yaxshi odam 
boʻlishi mumkin edi, yo gaplashib koʻrsammikin?» – orqasiga qaytmoqchi boʻldi. 
Bektoyga rahmi keldi, uning hamma gunohini kechirishga tayyor edi, faqat aqlu-hushini 
yigʻib olsa bas. Ammo bunday qilmadi. Agar Bektoy uning partiyadan oʻchirilganligini 
bilsa, suhbatdan foyda boʻlmasligini tushundi. Tanaboy bu tili zahar yigit oldida oʻzini, 
oʻz taqdirini, oʻzi hamon sodiq boʻlgan ishini xor qilishni istamasdi. Indamay, shu 
boʻyicha ketdi. 
 
Shahardan yoʻlovchi mashinada qaytdi va yoʻl boʻyi Bektoy haqida oʻylab bordi. 
Dumalab tushayotgan bochkaning ogʻirligi ostida uning bukchayib turganligi, nimanidir 
kutib Tanaboyga tikilib qaraganligi uning koʻz oʻngidan ketmadi. 
 
Keyinchalik Bektoyni sud qilishganida Tanaboy faqat Bektoyning otarni tashlab 
ketganligini aytdi, xolos. Boshqa hech narsa demadi. U Bektoyning pirovardida oʻz 
xatosini tushunib yetishini va tavbasiga tayanishini juda xohlardi. Lekin u tavba qilishni 
xayoliga ham keltirmaydiganga oʻxshardi. 
 
– Qamoq muddatingni oʻtagach, mening oldimga kel, – dedi Tanaboy Bektoyga, – keyin 
nima qilishing toʻgʻrisida maslahatlasharmiz. – U hech narsa demadi, hatto koʻzini ham 
olmadi yerdan. Tanaboy undan nari ketdi. Partiyadan chiqarilgandan keyin u oʻziga 
ishonqiramay qoldi, hammaning oldida oʻzini gunohkor his etardi. Negadir qoʻrqadigan, 
hadiksiraydigan boʻlib qoldi. U shunaqa narsalar yuz berishini umrida hech qachon 
xayoliga keltirmagandi. Hech kim uning yuziga solmasdi-yu, lekin baribir oʻzini 
odamlardan chetga olar, gap-soʻzlarga aralashmas, koʻproq sukut saqlab yurar edi. 
XXIV 
Yoʻrgʻa Gulsari kallasini yerga tashlab, gulxan yonida qimir etmay yotardi. U hayotni 
asta-sekin tark etmoqda edi. Uning boʻgʻzi xirillar, koʻzlari katta-katta ochilar va soʻnar, 
olovga boʻzargancha tikilib, tayoqday choʻzilgan oyoqlari qotib borar edi. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling