Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
129 
library.ziyonet.uz/ 
 
yaxshiliklarini birma-bir aytib beradi. Oʻzi haqida ham gapirib beradi, zeroki, doʻsti bilan 
u bir qoʻlning etu tirnogʻidek edilar. 
 
Ha, ularning yoshlik kezlarida qanday boʻlganliklarini va qanday hayot yoʻlini bosib 
oʻtganliklarini hamma bilib qoʻysin. Zoraki, odamlar Tanaboy bilan Choroni hayot 
vaqtlarida ham, vafotlaridan keyin ham bir-biridan ajratish insofdan emasligini tushunib 
yetsalar. Faqat gapiga quloq solsalar bas, koʻngil dardini izhor etishga imkon bersalar 
boʻlgani. 
 
Tanaboy raykom sekretari qoshiga qanday kirib borishni, Choroning partiya biletini 
uning stoli ustiga qoʻyib barcha boʻlib oʻtgan voqealarni qanday aytib berishini oʻylab 
borardi. Oʻz gunohini boʻyniga olib kechirim soʻraydi, oʻzini yana partiya safiga 
qaytarishni iltimos qiladi, chunki u partiyasiz yashay olmaydi, busiz oʻz hayotini ham 
tasavvur qila olmaydi. 
 
Bordiyu partiyadan oʻchgan shaxsning partiyaviy hujjatni keltirishga nima haqqi bor
deyishsa-chi. «Sen kommunistning partbiletiga qoʻl tegizmasliging, bunday ishlarga 
aralashmasliging kerak edi. Sendan boshqa odam topilardi», deyishsa-chi! Choroning 
soʻnggi istagi shu edi-ku axir! U oʻlimi oldidan shunday vasiyat qilgan edi. Buni oʻgʻli 
Shomansur ham tasdiqlaydi. «He, jon talvasada, behushlikda odam nimalarni gapirmaydi 
deysan». Unda Tanaboy nima deb javob beradi... 
 
Gulsari muzlab yotgan yoʻldan tasirlatib chopib borardi. Mana, u bepoyon dashtni orqada 
qoldirib, Aleksandrovka tepaligiga chiqib oldi. Gulsari yelib borardi. Tanaboy tuman 
markaziga qanday yetib borganini bilmay qoldi. 
 
Tuman tashkilotlarida ish kuni endigina boshlangan edi. Tanaboy hech qayerda 
toʻxtamasdan jiqqa terga botgan yoʻrgʻani toʻgʻri raykom binosi tomon haydadi. Otni 
qoziq-qa bogʻladi, ust-boshini qoqdi va yuragi «duk-duk» urib raykom binosiga kirdi. 
Unga nima der ekanlar? Qanday qabul qilishar ekan? Koridorda hech kim koʻrinmasdi. 
Hali kishilar ovullardan kelib ulgurmagandi. Tanaboy Qashqatoyevning qabulxonasiga 
kirdi. 
 
– Salom,– dedi u sekretar' qizga. 
 
– Salom! 
 
– Oʻrtoq Qashqatoyev oʻzlaridami? 
 
– Ha, oʻzlarida. 
 
– Unday boʻlsa, kirib u kishiga ayting, partiya tashkilotimizning sekretari Choro Sayoqov 
vafot etdi. U oʻlimi oldida partiya biletini raykomga eltib berishimni iltimos qilgan edi
shuni keltirgan edim. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling