Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 126 library.ziyonet.uz/ Peshindan soʻng Choroni dafn etdilar. Quyoshning soʻnik gardishi harakatsiz oqish bulutlar orasidan zoʻrgʻa koʻrinardi. Hamon havodan yumshoq hoʻl qor parchalari uchib tushayotgan edi. Koʻmishga ketayotganlar kumushdek oppoq dalada tinch oqar qoramtir daryo kabi oqib borayotgan edi. Bu daryo goʻyo bu yerda kutilmaganda paydo boʻlib, birinchi daf’a oʻziga yoʻl ochib borayotganday edi. Oldinda bortlari ochiq mashinada dafn etiladigan oppoq namatga mahkam oʻrab qoʻyilgan Choroning jasadini olib ketayotgan edilar. Uning yonida xotini, bola-chaqalari, qarindosh-urugʻlari oʻtirishardi. Qolgan boshqa otliqlar esa mashinaga ergashib borardi. Tanaboy va Shomansur mashina orqasidan piyoda borishardi. Tanaboy marhum doʻstining oti – egarlogʻliq Gulsarini yetaklab olgandi. Ovuldan chiqaverishda yoʻl yumshoq qor bilan qoplangan edi. U ot tuyoqlari ostida toptalib, odamlar ketidan qora bir tasma singari choʻzilib borardi. Bu yoʻl goʻyo Choroning soʻnggi yoʻlini belgilab berayotganday, tepalik orqali qabristonga burildi. Endi bu yerda Choroning yoʻli tugar edi. Tanaboy otni jilovidan ushlab yetaklab borar ekan, unga qarab oʻz ichida shunday deyardi: «Ikkovimiz Choromizdan ajraldik, Gulsari. Endi u yoʻq, endi uni topib boʻlmaydi... Oʻsha kuni meni nega chaqirmading, meni yoʻlda toʻxtatmading? Xudo senga til bermagan-da. Men inson boʻlsam ham sendan tuban ekanman. Oʻz doʻstimni yoʻl oʻrtasida tashlab ketdim, unga qayrilib ham qaramadim, yoʻlimdan ham qaytmadim, oʻylab ham koʻrmadim. Choroni men oʻldirdim, ha, soʻz bilan oʻldirdim, soʻz bilan...» Tanaboy yoʻl boʻyi to qabristonga bora-borguncha Chorodan kechirim soʻrab bordi. Qabristonda, Shomansur bilan birgalikda lahadga tushib Choroning jasadini mangu yotogʻiga qoʻyayotganda ham: – Alvido, Choro! Meni kechir, eshityapsanmi, Choro, meni kechir! – der edi. Avval odamlar kaftlarida siqimlab tuproq tashlashdi. Soʻng chor tarafdan belkuraklar bilan tuproqni surib tushira boshlashdi. Birpasda goʻr toʻlib, ustida yangi bir qabr hosil boʻldi. Kechir, Choro!.. Fotihadan soʻng Shomansur Tanaboyni bir chekkaga chaqirib: – Sizda ishim bor, Tanaka, gaplashib olishimiz kerak, – dedi. Ular hovli orqali odamlar orasidan – tutab yotgan samovarlar va gulxanlar oldidan oʻtib, boqqa chiqishdi. Ariq labidan yurib polizning narigi yogʻidagi yangi yiqitilgan daraxt tanasiga borib oʻtirishdi. Ular bir oz jim oʻtirishdi, har biri oʻzicha xayol surardi. «Inson |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling