Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
122 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Kiyimingni kiy, – dedi u. 
 
– Bekorga urinyapsan. Hech qayerga bormayman. 
 
– Vaqtni oʻtkazma, biron hodisa sodir boʻlsa, keyin oʻzing umr boʻyi pushaymon boʻlib 
yurasan. 
 
– Pushaymon boʻlmayman. Hech qanday hodisa ham roʻy bermaydi. Bir oz yotadi-da, 
yana ishiga chiqib ketadi. Biz uni endi koʻribmizmi. 
 
– Tanaboy, men sendan hech vaqt biron narsa iltimos qilmagan edim. Mana endi sendan 
iltimos qilaman: alam-qaygʻularingni menga qoldirgin-u, oʻzing borgin, bir 
odamgarchilik qil! 
 
– Yoʻq! – qaysarlik bilan bosh chayqadi Tanaboy. – Bormayman. Endi men uchun 
bularning hammasi baribir. Sen odob va odatni oʻylaysan. «Odamlar nima deydi» deb 
oʻylaysan endi. Mening hech narsa bilan ishim yoʻq. 
 
– Esingni yigʻib ol, Tanaboy. Men borib olovdan xabar olay, yana kigizga choʻgʻ 
sachramasin. 
 
Jaydar erining ust-boshlarini uning oldida qoldirib ketdi. Lekin Tanaboy oʻrnidan 
qimirlamadi. Bir burchakda xayolga choʻmib oʻtiraverdi, oʻz qarorini buzishga jur’at 
etolmadi. Choroga aytgan soʻzlarini ham xotirasidan chiqarib tashlay olmasdi. Endi-chi: 
«Assalomu alaykum, bir koʻrib ketay deb keldim, sogʻliging qalay? Biron yordamim 
kerak emasmi» deb borsinmi? Yoʻq-yoʻq, u bunday qila olmaydi, bunga odatlanmagan. 
 
Jaydar qaytib keldi: 
 
– Hali kiyimlaringni kiymadingmi? 
 
– Jonimga tegaverma. Bormayman dedim-ku... 
 
– Oʻrningdan tur! – Gʻazab bilan baqirdi Jaydar. Tanaboy xuddi komandirning 
buyrugʻini bajargan soldatdek oʻrnidan sakrab turganini sezmay qoldi. Jaydar yaqin kelib 
fonarning xira shu’lasida gʻam choʻkkan gʻazabli koʻzlarini eriga tikdi. – Agar sen erkak 
boʻlmasang, inson boʻlmasang, mushtipar bir ojiza boʻlsang, sen uchun men boraman
sen esa lab-lunjingni osiltirib oʻtiraver! Hoziroq joʻnayman. Bor, otni darhol egarla. 
 
Tanaboy xotinining farmoniga boʻysunib, otni egarlagani ketdi. Eshikda maydalab qor 
yogʻayotgan edi. Zulmat goʻyo girdobdek charxpalaksimon tovushsiz aylanardi. Zim-
ziyo qorongʻilikda hatto togʻlar ham koʻrinmasdi. «Endi bu koʻrgilik ham bor ekan! 
Shunday qorongʻi kechada tanho oʻzi qayerga boradi? – qorongʻida ot ustiga egar tashlar 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling