Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
119 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bechora Jaydar boʻlsa uni xursand qilmoqchi edi: tumandan bir oz xashak, somon va 
arpa uni keltirishgandi. Havo ham ancha isib, qoʻzilarni yaylovga chiqardilar, ular endi 
maysalarni chimtib yemoqdalar. 
 
– Bektoyning otarini olib ketishdi, yangi choʻpon yuborishdi, – dedi u. 
 
– E, Xudo ursin, oʻsha choʻponingni ham, Bektoy-u otaringni ham. 
 
– Charchadingmi? 
 
– Nega charchar ekanman? Partiyadan haydashdi! 
 
– Sekinroq, saqmonchilar eshitib qolishadi. 
 
– Eshitsa nima? Nega yashirar ekanman. Daydi itdek haydab yuborishdi. Shunday 
qilishlari kerak edi. Seni ham shunday qilish kerak. Bizdaqangilarga bu ham oz. Nega 
turib qolding? Muncha angrayasan? 
 
– Borib dam olgin. 
 
– Buni oʻzim ham bilaman. 
 
Tanaboy qoʻyxona tomon ketdi. Qoʻylarni koʻzdan kechirdi. Soʻng qoʻraga chiqib, 
qorongʻida tentirab yurdi-da, yana qoʻyxonaga qaytib keldi. Oʻzini qoʻyarga joy 
topolmasdi. U ovqatlanishdan ham, gapirishdan ham bosh tortgan edi. Bir burchakdagi 
somon ustiga oʻzini tashlab qimir etmay yotdi. Tirikchilik, kundalik tashvish
hadiksirashlar endi bir pul edi. Uning koʻngliga qil sigʻmasdi. Yashashni ham, oʻylashni 
ham, atrofdagi biron narsani koʻrishni ham istamasdi. 
 
Tanaboy u yoqqa agʻanardi, bu yoqqa agʻanardi, hamma narsani esdan chiqarib 
uxlamoqchi boʻlardi. Biroq hamma narsani unutib boʻlarmidi? U yana oʻtgan ishlarni 
esladi. Bektoyning qay tarzda otarni tashlab ketganligi, oppoq qorda uning qora izlari 
qolganligi, Bektoyning soʻziga javoban ogʻiz ocha olmaganligini birma-bir esga oldi
yana Segizboyevning yoʻrgʻa ustidan turib baqirib, ogʻizga olib boʻlmaydigan soʻzlar 
bilan uni soʻkkani, turmaga solaman deb doʻq urgani, tuman partiya komitetining 
byurosida Tanaboyni zararli shaxs va xalq dushmani deb ataganlarini xayoldan oʻtkazdi. 
Shu bilan hamma narsa, uning butun hayoti tugaganday edi. Yana biron bir jarga yiqilib 
tushib boʻyni sinmaguncha panshaxani ushlab, qorongʻi tun qa’riga qarab chopish
dodlash, faryod chekishni istardi. 
 
Koʻzi uyquga ketarkan, u bunday hayotdan koʻra oʻlim afzal deb oʻylardi. Ha, ha, oʻlim 
afzal! 
 
...Boshi ogʻrib uyqudan turdi. Bir necha daqiqa oʻzining qayerdaligini, nima boʻlganligini 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling