Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
115 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Oʻrtoq Bakasov, – orqadan Karimbekovning ovozi eshitildi. Uning yuragi achigani 
bilinib turardi. 
 
– Oʻzingiz nima deysiz? Axir siz bu yerda hech gap aytmadingiz-ku. Ehtimol sizga qiyin 
boʻlgandir. Biz oʻylaymizki, yuzingizga eshik yopilgani yoʻq, ertami, kechmi yana 
partiya safiga qaytishingiz mumkin. Ayting-chi, hozir nima haqida oʻylayapsiz?! 
 
Tanaboy noqulay ahvolga tushib, hali ham qanday boʻlmasin oʻz yelkasiga tushgan gʻam 
yukini yengillatishga harakat qilayotgan notanish yigitga alam bilan qayrilib qaradi. 
 
– Men nima ham derdim. Bu yerda hammasini gapirib boʻlmaydi, – dedi gʻamgin. – 
Faqat bir narsani aytishim mumkin. Agar qoʻl koʻtargan boʻlsam ham, yomon gaplar 
aytgan boʻlsam ham, hech aybdor emasman. Buni men sizlarga tushuntira olmayman. 
Gapning bori shu. 
 
Oraga ogʻir jimlik choʻkdi. 
 
– Hm, demak, sen partiyadan xafa boʻlyapsanmi? – jahli chiqib dedi Qashqatoyev. – 
Lekin oʻzing bilasan, oʻrtoq. Partiya senga maslahat berib toʻgʻri yoʻlga soldi, seni 
suddan asrab qoldi. Sen boʻlsang bundan rozi emassan, qaytaga xafa boʻlyapsan. Demak, 
sen haqiqatan ham partiya a’zosi degan nomga munosib emassan. Bundan keyin senga 
eshik ochiq boʻlishi dargumon. 
 
Tanaboy raykomdan bamaylixotir koʻrinishda chiqdi. Haddan ziyod xotirjam koʻrinardi. 
Bu yomon alomat edi. Havo iliq, quyosh charaqlab turardi. Kech kirmoqda. Odamlar oʻz 
ishlari bilan oʻtib ketayotgan edilar. Klub oldidagi maydonda bolalar yugurib 
oʻynashardi. Tanaboy bularga qaragan sari oʻz-oʻzidan yuragi ezilardi. Bu yerdan tezroq 
joʻnash kerak, toqqa, oʻz uyiga. Bundan ham yomonroq hodisa yuz bermasdan joʻnab 
qolish kerak. 
 
Ot bogʻlaydigan gʻov oldida uning oti bilan yonma-yon Gulsari turardi. Tanaboy 
yaqinlashishi bilan katta, uzun, baquvvat ot bir oyogʻini qoʻyib, ikkinchi oyogʻini bosdi, 
qora, osoyishta koʻzlari ishonch bilan unga tikilib turdi. Tanaboy panshaxa bilan uning 
boshiga qanday urganini yoʻrgʻa allaqachon unutgan edi. Shuning uchun ham u ot-da. 
 
– Esingdan chiqar, Gulsari, xafa boʻlma, – shivirladi yoʻrgʻaga Tanaboy. –Mening 
qaygʻum ogʻir. Juda ogʻir. – Otning boʻynidan quchoqlab xoʻrsindi, oʻtib turgan 
odamlardan uyalganidan oʻzini zoʻrgʻa yigʻidan tiydi. 
 
Otiga minib uyga joʻnadi. Aleksandrovka tepaligidan oʻtgandan keyin Choro unga yetib 
oldi. Orqadan yelib kelayotgan yoʻrgʻaning tanish tuyoq tovushlarini eshitishi bilan 
Tanaboy zarda bilan labini qimtib, oʻshshaydi. Qayrilib ham qaramadi. Alamidan uning 
koʻngli gʻash, koʻz oldi qorongʻi edi. Endi Choro butunlay boshqa, avvalgiga sira 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling