Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 112 library.ziyonet.uz/ toʻgʻrisi uyalaman. Qarang, kolxozlarda qoʻyxonalar qay ahvolda? Ozuqa masalasi-chi? Mening oʻzim choʻpon bolasiman. Yosh qoʻzilar oʻlganda qanday ahvol yuz berishini yaxshi bilaman. Institutda bizni boshqa narsalarga oʻqitishgan edi. Joylarda esa ahvol eskicha. Bularni koʻrsang joning achiydi!.. – Oʻrtoq Karimbekov, – uning soʻzini boʻldi Segizboyev, – rahmimizni keltirishga urinmang. His-hayajon – har xil ma’noni anglatadigan tushuncha. Faktlar kerak, faktlar, his-hayajon emas. – Kechirasiz, bu yerda jinoyatchi ustidan sud boʻlayotgani yoʻq. Balki partiya safidagi bir oʻrtogʻimizning ishi oʻrtoqlarcha muhokama qilinmoqda, – davom etdi Karimbekov. – Kommunistning taqdiri hal qilinmoqda. Kelinglar, birgalashib oʻylab koʻraylik. Oʻrtoq Bakasov nima uchun shunday ish qildi. Albatta, uning ishini qoralash kerak. Lekin bu hol qanday yuz berdi. Kolxozning eng yaxshi chorvadorlaridan boʻlgan Bakasov qanday qilib bu ahvolga tushib qoldi? – Oʻtiring, – dedi norozi ohangda Qashqatoyev. – Siz bizni masalaning asl mohiyatidan chetga tortyapsiz, oʻrtoq Karimbekov. Menimcha, bu yerda oʻtirganlarning hammasiga shu narsa aniq ravshanki, kommunist Bakasov ogʻir jinoiy ish qilgan. Bu qanday gap? Qayerda koʻrgansiz bunaqa ishni? Biz oʻz xodimlarimizning obroʻsini tushirishga, bizning vakillarimizga panshaxa koʻtarib hamla qilishga hech kimga yoʻl qoʻymaymiz. Oʻrtoq Karimbekov, siz qalb, hissiyot haqidagi oʻrinsiz tortishuvlar oʻrniga komsomol ishlarining qanday borayotgani haqida oʻylab koʻrsangiz boʻlardi. Tuygʻu-tuygʻu bilan, ish-ish bilan. Bakasovning qilgan ishi bizni sergaklantirishi kerak va albatta, unga partiya safida oʻrin yoʻq. Oʻrtoq Sayoqov, siz kolxoz partorgi sifatida bu voqealarning hammasini tasdiqlaysizmi? – soʻradi u Chorodan. – Ha, tasdiqlayman, – dedi rangi oqarib ketgan Choro sekin oʻrnidan turib. – Lekin men bir narsani aytmoqchi edim... – Nima demoqchisiz? – Birinchidan, men Bakasovni oʻzimizning partiya tashkilotimizda muhokama qilishimizni soʻrardim. – Bu shart emas. Partiya tashkilotining a’zolariga raykom byurosi qarori haqida axborot berasiz. Yana nima kerak? – Shuni aytib oʻtmoqchi edimki... – Nimani, oʻrtoq Sayoqov? Bakasovning partiyaga qarshi xatti-harakatlari koʻrinib turibdi. Endi buni tushuntiradigan joyi yoʻq. Siz ham javobgarsiz. Kommunistlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling