Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
108 
library.ziyonet.uz/ 
 
olmay tizzalari orasida mushtlarini qisar, qaysarlik bilan oʻzinikini oʻzi ma’qullardi: 
«Yoʻq, mening hech qanday aybim yoʻq!» Keyin yana shubhalanardi... 
 
Qabulxonada negadir Ibrohim ham oʻtirardi. «U nima qilib yuribdi bu yerda? Oʻlaksa 
koʻrgan quzgʻunday uchib kelibdi», – Tanaboyning joni halqumiga kelib unga teskari 
qarab oʻtirib oldi. U ham boshini quyi solib choʻponga qarab xoʻrsinib, jimgina oʻtirardi. 
 
«Nega muncha choʻzishyapti? – stulda tipirchilab oʻtirgan Tanaboy oʻylardi, – jazo 
berishadigan boʻlsa – berishmaydimi!» Kabinetga deyarli hamma yigʻilib boʻlgan edi. 
Bundan bir necha daqiqa avval hammadan keyin Choro kirib ketdi. Tanaboy uni etigining 
qoʻnjiga yopishib qolgan jundan tanidi. Saman yoʻrgʻaning sariq juni edi. «Juda 
shoshibdi, Gulsari ham terga pishib ketgan boʻlsa kerak», oʻyladi u. Lekin boshini 
koʻtarmadi. Qoʻnjiga jun yopishgan, ot teridan bir oz namlangan etik Tanaboy oldidan 
asta bosib oʻtib eshik ortida koʻzdan gʻoyib boʻldi. Sekretar' qiz kabinetdan chiqquncha 
ancha vaqt oʻtdi. 
 
– Kiring, oʻrtoq Bakasov. 
 
Tanaboy choʻchib oʻrnidan turdi-da, kabinet tomon yura boshladi. Yuragining toʻxtovsiz 
gupillab urayotganligi qulogʻi ostida eshitilib turardi. Uning koʻz oldi qorongʻilashib 
ketdi. U bu yerda oʻtirgan odamlarni deyarli bir-biridan ajrata olmasdi. 
 
– Oʻtiring. – Tuman partiya komitetining birinchi sekretari Qashqatoyev Tanaboyga uzun 
stolning oxiridan joy koʻrsatadi. Tanaboy oʻtirdi. Ogʻirlashib ketgan qoʻllarini tizzasiga 
qoʻyib koʻz oldini bosgan qorongʻilikning tarqashini kutdi. Keyin stolning narigi chetiga 
qaradi. Birinchi sekretarning oʻng tomonida kekkayib Segizboyev oʻtirardi. Tanaboy bu 
odamga shunday nafrat bilan boqdiki, uning koʻz oldini oʻrab turgan qorongʻilik bir 
zumda tarqab ketdi. 
 
Stol atrofida oʻtirganlarning yuzlari aniq-taniq koʻrindi. Segizboyevning qovogʻi osilib, 
qizarib-boʻzarib ketgan edi. Choroning yuzi esa oqarib ketgan va butunlay qonsiz edi. U 
eng chetda, hammadan koʻra Tanaboyga yaqin yerda oʻtirardi. Uning oriq qoʻllari stolga 
yopilgan yashil movut ustida asabiy qaltirab turardi. Choroning qarshisida oʻtirgan 
kolxoz raisi Aldanov achchigʻlanib qattiq pishillardi, atrofiga xoʻmrayib nazar tashlardi. 
U koʻriladigan ishga oʻz munosabatini yashirmasdi. Boshqalar, aftidan, nima boʻlishini 
kutib turardilar. Nihoyat, birinchi sekretar' papkadagi qogʻozlardan bosh koʻtardi. 
 
– Kommunist Bakasovning shaxsiy ishini koʻrishga oʻtamiz, – dedi u soʻzlarni chertib-
chertib. 
 
– Ha, uni kommunist deb atash mumkin boʻlsa, – dedi kimdir istehzo bilan tirjayib. 
 
«Yovuzlar! – deb qoʻydi oʻzicha Tanaboy, – ulardan rahm-shafqat kutma. Nima uchun 
men shafqat kutishim kerak? Nima, men jinoyatchimanmi?» 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling