Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 107 library.ziyonet.uz/ Qoʻrquvdan rangi oʻchib ketgan Jaydar hassaga suyanib oqsoqlaganicha roʻparadan kelardi. – Nima qilib qoʻyding! Nima qilib qoʻyding? – E, attang! E, attang! – Nimaga achinyapsan? Albatta, attang, deysan. – Yoʻrgʻani bekordan-bekorga urganimga. – Aqling joyidami oʻzi? Nima qilib qoʻyganingni bilasanmi? – Bilaman. Men zararkunandaman. Xalq dushmaniman, – dedi u nafasi siqilib. Keyin jim boʻlib qoldi va qoʻli bilan yuzini mahkam bekitganicha ikki bukilib, hoʻng-hoʻng yigʻladi. – Oʻzingni bos, oʻzingni bos, – yalinardi xotini oʻzi ham unga qoʻshilib yigʻlarkan. Lekin Tanaboy hamon u yoq-bu yoqqa tebranib yigʻlardi. Hech qachon Jaydar Tanaboyning yigʻlaganini koʻrmagandi... XIX Shu favqulodda hodisaning uchinchi kuni tuman partiya komitetining byurosi boʻldi. Qabulxonada Tanaboy Bakasov oʻzini kabinetga chaqirishlarini kutib oʻtirar edi. Ichkarida u haqda gap borardi. Bu kunlar ichida u koʻp oʻyladi. Lekin u aybdormi yoki yoʻqmi, buni hozircha bila olmasdi. Hokimiyat vakiliga qoʻl koʻtarib ogʻir jinoyat qilganini tushunardi. Lekin gap faqat shundagina boʻlganidaku, hamma narsa osonlikcha hal boʻlar edi-ya. U oʻzining nojoʻya xatti-harakati uchun har qanday jazo berishlariga tayyor edi. Axir u gʻazabdan oʻzini bosa olmay kolxoz uchun jon kuydirib qilgan xizmatlarini shamolga uchirib yubordi, oʻzining butun tashvish va ezgu-oʻylarini barbod qildi. Endi unga kim ishonadi? Uning ahvolini endi kim tushunadi? «Ehtimol, tushunishar? – umid uchqunlari chaqnadi unda. – Hammasini gapiraman: bu yilgi qish haqida, qoʻyxona va oʻtov haqida... Mayli, tekshirib koʻrishsin. Xoʻjalikni shunday boshqarish mumkinmi? – Oʻtgan ishlarga sira afsuslanmasdi. – Mayli, meni jazolashsin, – oʻylardi u. – Ehtimol, shunda boshqalarga yengil boʻlar. Ehtimol shundan keyin choʻponlarga qarashar, bizning turmushimiz, qiyinchiliklarimizga e’tibor berishar». Lekin bir daqiqa ham oʻtmasdan butun kechmishlarini eslab, u yana gʻazabiga chiday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling