Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 105 library.ziyonet.uz/ – Ular, ehtimol mening kommunist ekanligimni bilishmas, – achitib gapirdi Tanaboy va shu zahotiyoq goʻyo uning ichida bir narsa shartta uzilganday koʻngli vayron, hamma narsa unga farqsiz boʻlib, koʻz oʻngi qorongʻilashdi. – Bu bilan nima demoqchisan? – Segizboyev qizarib ketdi va jim boʻlib qoldi. – Sotsialistik majburiyat olganmisan? – Nihoyat kalavaning uchini topib oldi. – Ha, olganman. – U yerda nima deyilgan edi. – Eslay olmayman. – Mana shuning uchun ham sening qoʻzichoqlaripg harom oʻlyapti! – Segizboyev qamchi dastasi bilan yana haligi tomonni ishora qildi va birdan uzangidan koʻtarilib, bu surbet choʻponning ta’zirini berib qoʻymoqchi boʻldi. Lekin u avval Choroga yopishib ketdi: – Siz qayoqqa qarayapsiz? Odamlar hatto oʻz vazifalarini ham bilmaydilar. Planni buzyaptilar, mollarni oʻldiryaptilar! Siz bu yerda nima ish bilan shugʻullanyapsiz! Oʻz kommunistlaringizni qanday tarbiyalayapsiz! Qanaqa kommunist u? Men sizdan soʻrayapman? Choro boshini quyi solib jim turar, qoʻlida tizginni gʻijimlardi. – Boʻlgani shu, – uning uchun bamaylixotir javob berdi Tanaboy. – Ha-ha, boʻlgani shu. Sen zararkunandasan! Sen kolxoz mulkini yoʻq qilib yuboryapsan. Sen xalq dushmanisan. Sening oʻrning partiyada emas, turmada. Sen musobaqa ustidan kulyapsan. – Ha, turmada, mening joyim turmada, – tasdiqladi Tanaboy boyagidek osoyishtalik bilan. Uning qalbini timdalagan alam, sabr kosasini toʻldirgan achchiq hasratdan jilmaygan lablari pirpirab uchardi. – Xoʻsh, yana nima demoqchisan? – uchayotgan lablarini qisib Segizboyevga tikilib turib oldi. – Nega sen bunaqa gapiryapsan, Tanaboy? – aralashdi Choro, – nega? Ochiqroq tushuntirsang-chi. – Oho! Hali senga ham tushuntirish kerakmi? Sen nima uchun bu yerga kelding, Choro? – baqirdi Tanaboy. – Nega kelding? Sendan soʻrayapman? Mening qoʻzilarimning oʻlayotganini aytish uchunmi? Buni oʻzim ham bilaman! Tomogʻimgacha goʻngning ichida koʻmilib oʻtirganimni aytish uchun keldingmi? Buni oʻzim ham bilaman! Men kolxozni deb jonimni Jabborga berganim uchun aybdormanmi? Buni oʻzim ham bilaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling