Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
113 
library.ziyonet.uz/ 
 
tarbiyalash sohasida ishlarni barbod qilganingiz uchun sizga ham chora koʻramiz. Nima 
uchun siz oʻrtoq Segizboyevni bu masalani byuroga qoʻymaslikka koʻndirishga harakat 
qildingiz? Xaspoʻshlamoqchimidingiz? Bema’nigarchilik! Oʻtiring! 
 
Munozara boshlandi. MTS direktori va tuman gazetasining muharriri Karimbekovni 
quvvatlab chiqdilar. Bir on hatto Tanaboyni himoya qilish mumkindek koʻrindi. 
Tanaboyning oʻzi esa ruhi tushgan va hayajonlanganidan xech kimning gapini 
eshitmasdi. U hadeb oʻz-oʻziga savol berardi: «Mening butun orzu-umidlarim qayoqqa 
ketdi? Bizning otarlarda, podalarda boʻlayotgan ahvol bilan bu yerdagilarning ishlari ham 
yoʻq. Men ahmoq boʻlib yurgan ekanman. Oʻz umrimni kolxozni deb, qoʻy-qoʻzilar deb 
oʻtkazdim. Hozir esa bularni hisobga olmayaptilar. Endi men xavfli odamman. Jin ursin 
senlarni! Bilganlaringni qilinglar – agar shu bilan ishlar yaxshilanib ketadigan boʻlsa – 
achinmayman. Meni urib haydanglar, mening kunim bitgan, uringlar, ayamanglar...» 
 
Kolxoz raisi Aldanov soʻzga chiqdi. Uning basharasi va harakatlaridan Tanaboy kimnidir 
koyiyotganini sezdi. Lekin kimni? U «Kishan... yoʻrgʻa, Gulsari...» degan soʻzni 
eshitmaguncha buni tushunib yetmadi. 
 
– ...Nima boʻldi deysizmi? – dedi Aldanov jahl bilan. – Biz otni tushovlab qoʻyishga 
majbur boʻlganimiz uchun u ochiqdan-ochiq menga, boshingni urib yoraman, deb doʻq 
urdi. Oʻrtoq Qashqatoyev, oʻrtoq byuro a’zolari, men kolxoz raisi sifatida bizni 
Bakasovdan qutqarishlaringizni soʻrayman. Haqiqatan ham uning joyi turmada. U rahbar 
xodimlarning hammasini ham koʻrolmaydi. Oʻrtoq Qashqatoyev dahlizda Bakasovning 
menga qilgan doʻq-poʻpisalarini tasdiqlovchi guvohlar oʻtirishibdi. Ularni bu yerga taklif 
qilish mumkinmi? 
 
– Yoʻq, hojati yoʻq, – jirkanganday yuzini burushtirdi Qashqatoyev. – Shu ham yetadi. 
Oʻtiring. 
 
Keyin ovozga qoʻyishdi. 
 
– Bitta taklif kiritildi. Oʻrtoq Bakasov partiya a’zolari safidan oʻchirilsin. Kim qoʻshiladi? 
 
– Bir daqiqa, oʻrtoq Qashqatoyev, – yana irgʻib oʻrnidan turdi Karimbekov. – Oʻrtoq 
byuro a’zolari, biz bu bilan ogʻir xatoga yoʻl qoʻyayotganimiz yoʻqmi? Boshqa taklif bor. 
Bakasovning shaxsiy delosiga yozib qoʻyish sharti bilan, qattiq xayfsan berish bilan 
chegaralansin. Shu bilan birga byuro a’zosi Segizboyevga ham kommunist Bakasovning 
insonlik sha’nini tahqirlagani, raykomning vakili sifatidagi qoʻllagan yaramas, ish uslubi 
uchun hayfsan e’lon qilinsin. 
 
– Demagogiya, – baqirdi Segizboyev. 
 
– Tinchlaninglar, oʻrtoqlar, – dedi Qashqatoyev. – Sizlar raykomning byurosida 
oʻtiribsizlar, uylaringda emas, tartibga rioya qilishingizni soʻrayman. – Bu yogʻi endi 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling