Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
110 
library.ziyonet.uz/ 
 
boyvachcha, xalqni boʻgʻuvchi emishman. Qarang-a! Tushunyapsizmi, bu nima degan 
gap, nima ma’no bor bu gapning tagida? Tushuntirib oʻtirish ortiqcha boʻlsa kerak deb 
oʻylayman... Endi masalaning ikkinchi tomoni haqida. «Oqtosh»dagi chorvachilikning 
oʻta ketgan yomon ahvolda ekanidan xafa boʻlib, koʻzimga hech narsa koʻrinmay, goʻyo 
oʻz sotsialistik majburiyatini unutib qolgan Bakasovning kishini gʻazablantiradigan 
soʻzlariga javoban uni zararkunanda, xalq dushmani deb atadim va uning joyi partiyada 
emas, turmada dedim. Tan olaman – haqorat qildim va uning oldida kechirim soʻrashga 
tayyor edim. Endi bilsam haqiqatan ham bu shunday ekan. Aytganlarimni qaytib 
olmayman va dangal aytaman: Bakasov – xavfli, dushmansifat odam. 
Tanaboy nimalarni boshdan kechirmadi. U boshidan oxirigacha urushda boʻldi. Ammo 
uning yuragi hozirgidek sado chiqarib urishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi. 
Quloqlari ostida bolgʻa zarbasidek eshitilgan bu sado ruhini ezar, qalbini tirnar, oʻzini 
oʻnglab olishga imkon bermasdi. «Tavba, – boshi loʻqillardi Tanaboyning, – hayotimning 
butun mazmuni – ishlarimning butun mazmuni qayoqqa ketdi? Mana endi kelib-kelib 
xalq dushmani boʻldim. Men-ku qandaydir qoʻyxona uchun, chala oʻlik qoʻzichoqlar 
uchun, yoʻldan ozgan Bektoy uchun azob chekyapman. Bularning kimga keragi bor!..» 
 
– Axborotimdan kelib chiqadigan xulosalarni yana bir marta eslatib oʻtaman, – davom 
etdi Segizboyev soʻzlarni joy-joyiga qoʻyib. – Bakasov bizning tuzumimizni 
koʻrolmaydi. Kolxozni, sotsialistik musobaqani koʻrolmaydi, hammasiga tupuradi
bizning butun turmushimizni koʻrolmaydi. Buni uning oʻzi kolxoz partorgi oʻrtoq 
Sayoqov oldida ham ochiqchasiga aytdi. Bundan tashqari uning harakatlarida hokimiyat 
vakili oʻz xizmat vazifasini oʻtab turgan vaqtda unga suiqasd qilish kabi javobgarlikka 
tortiladigan jinoyat sostavi ham bor. Meni toʻgʻri tushunishingizni soʻrayman, Bakasovni 
sud javobgarligiga tortish uchun sanksiya berishingizni va bu yerdan chiqishi bilan darhol 
qamoqqa olinishini soʻrayman. Uning jinoyatlari ellik sakkizinchi moddaga tamoman 
mos keladi. Bakasovning partiya safida qoldirilishi haqida, menimcha, gap ham boʻlishi 
mumkin emas!.. 
 
Segizboyev ortiqcha talab qoʻyganini bilardi. Lekin u shuni hisobga olgan ediki, agar 
byuro Tanaboy Bakasovni jinoiy javobgarlikka tortish lozim deb topmasa ham, har holda 
uni partiya safidan chiqarishi aniq edi. Bu taklifni Qashqatoyev quvvatlamay iloji yoʻq 
edi. Ana shunda Segizboyevning mavqei yana koʻproq mustahkamlanardi. 
 
– Oʻrtoq Bakasov, siz oʻz xatti-harakatlaringiz haqida nima deysiz? – soʻradi 
Qashqatoyev bir oz asabiylashib. 
 
– Hech narsa. Hammasi aytildi, – javob berdi Tanaboy. – Demak, men zararkunanda, 
xalq dushmani ekanman, bundan keyin ham shunday boʻlib qolarkanman. Shunday 
boʻlgach, nima haqda oʻylayotganimni bilishning nima keragi bor? Oʻzlaring hal 
qilinglar, sizlarga ravshanroq... 
 
– Siz oʻzingizni sof vijdonli kommunist deb hisoblaysizmi? 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling