Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 117 library.ziyonet.uz/ XX Kech payti edi, Tanaboy hali yoʻlda toqqa ketayotganida, ovul koʻchalaridan bir otliq chopib oʻtdi, bezovtalangan itlar huriy boshladi. – Hoy, bu hovlida kim bor? Bu yoqqa chiq! – chaqirdi u hovli egasini. – Idoraga, partiya majlisiga. – Nima gap oʻzi? Nega muncha shoshilinch? – Bilmadim, – javob berdi xabarchi. – Choro chaqiryapti. Tezroq kelishsin dedi. Choroning oʻzi esa shu mahal idorada oʻtirgan edi. Yelkalarini stol chetiga qoʻyib hansirab nafas olar, panjasi bilan koʻylagi ostidan koʻkragini qattiq gʻijimlardi. Ogʻriq azobidan ingrar, lablarini tishlardi. Koʻkarib ketgan yuzlaridan sovuq ter chiqdi. Qovoqlari koʻkargan, koʻzlari ichiga tushib ketgandi. Ba’zan u hushidan ketib, nazarida yana qorongʻi dashtlikda yoʻrgʻa ustida kelayotganday edi, Tanaboyni chaqirishni istardi- yu, u nishtarday botadigan soʻzlarni aytib, orqasiga ham qaramay ketardi. Tanaboyning soʻzlari uning yurak-bagʻrini yondirib, oʻrtar edi... Pichan ustida yotib bir oz dam olgandan soʻng partorgni qoʻltigʻidan ushlab otxonadan bu yoqqa olib keldilar. Otboqarlar uni hovlisiga olib ketmoqchi boʻldilar, lekin u bunga koʻnmadi. Kommunistlarni chaqirib kelishga odam yuborib, endi ularni ana keladi, mana keladi deb kutardi. Qorovul ayol chiroqni yoqib, Choroni holi qoldirdi-da, dahlizdagi pechkaga oʻt qoʻyish bilan ovora boʻldi, u ba’zan qiya ochilgan eshikdan qarab uh tortib, boshini chayqab qoʻyardi. Choro odamlarni kutardi, vaqt esa imillab oʻtayotgan edi. Unga ato qilingan va koʻpgina qismini yashab boʻlgandan keyingina qadriga yeta boshlagan bu hayot endi har daqiqa sayin achchiq va alamli tomchilar singari tomib tamom boʻlayotganday edi. U kunlari va yillari qanday oʻtganini payqamay qoldi. Hash-pash deguncha ular mehnat bilan oʻtib ketdi. Uning kutgan narsasining hammasi roʻyobga chiqmadi; hamma narsa u istagancha boʻlmadi. Harakat qildi, kurashdi, biroq mushkuldan qutulish uchun, yurish bunchalik xatarli boʻlmasin uchun allaqayerlarda chekindi, chetlab oʻtdi. Ammo ularni chetlab oʻtolmadi. Toʻqnash kelib qolishdan qoʻrqib yurgan kuch uni boshi berk koʻchaga siqib qoʻygan edi, endi chekinish mumkin emasdi, yoʻl tamom boʻlgandi. Eh, agar u oʻz xatosini ertaroq tushungandami, hayot koʻziga tik qarashga oʻzini vaqtliroq majbur etgandami... Hayot achchiq va alamli tomchilar singari tomib tugab borayotgandi. Odamlar tezroq kelaqolsa boʻlmaydimi! Muncha uzoq kuttirishyapti! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling